18:15 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
37210

"Armiya-2020" xalqaro harbiy-texnik forumi (XHTF) COVID-19 pandemiyasi cheklovlari va global harbiy-siyosiy turbulentlik sharoitida dunyo mudofaa sanoatida yilning ilk yirik koʻrgazmasiga aylanadi

23-29 avgust kunlari Rossiyaning bir qator mintaqalari va Armaniston hududida boʻlib oʻtadigan "Armiya-2020" forumida 1500 dan ortiq kompaniyalar 28 mingdan ortiq qurol va texnikalar namunalarini namoyish etadilar.

Forumda 72 ta davlat qatnashishini tasdiqladi. Ulardan oʻntasi - Armaniston, Belarus, Braziliya, Vyetnam, Eron, Qozogʻiston, Livan, Ruanda, MAR, Janubiy Osetiya - yuqori darajadagi delegatsiyalar bilan ishtirok etadi. Oʻz milliy ekspozitsiyalarini besh mamlakat - Belarus, Braziliya, Hindiston, Qozogʻiston, Pokiston joylashtiradi.

"Armiya-2020" forumining ochilish marosimi "Patriot" koʻrgazma markazida 23 avgust kuniga rejalashtirildi, 24-26 avgust kunlari mutaxassislar uchun ish kunlari boʻlib, 27-29 avgust kunlari ekspozitsiya barcha uchun ochiq boʻladi.

Asosiy koʻrgazma maydonchalari Moskva yaqinidagi Patriot bogʻi, Kubinka aerodromi, Alabino va Ashuluk oʻquv poligonlari boʻladi, ammo qurol va harbiy texnika ekspozitsiyalari barcha harbiy okruglar va Rossiyaning Shimoliy flotida joylashtiriladi. Faqatgina Janubiy harbiy okrugning oʻzida "Armiya-2020" forumi Stavropol oʻlkasi, Vladikavkaz, Volgograd, Kaspiysk, Astraxan, Adigeya, Ingushetiya, Kabardino-Balkariya, Karachayevo-Cherkesiya, Chechenistonni qamrab oladi. Shuningdek, forum Armanistonda, Rossiyaning harbiy bazasi joylashgan Gyumri shahri hududida boʻlib oʻtadi.

Oʻtgan yilga nisbatan statik ekspozitsiyaning umumiy maydoni 60 ming kvadrat metrga kengaytirildi va jami 320 ming kvadrat metrdan oshadi. Umuman olganda, Sankt-Peterburgdan Vladivostokgacha va Severomorskdan Sevastopolgacha joylashgan 47 ta maydoncha mavjud (poligonlar va aerodromlarni qoʻshgan holda). Turli mamlakatlarning mudofaa korxonalari uchun bu ularning yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni kengaytirishga tayyorligini namoyish etish uchun imkoniyatdir.

Forumning ilmiy-ishbilarmonlik dasturi 170 dan ortiq tadbirlarni oʻz ichiga olgan, ishtirokchilar mudofaa qobiliyati, mudofaa sanoati majmuasining ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish muammolarini, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.

Belarus va Qozogʻiston ekspozitsiyalari

Agar “Armiya-2019” forumida MDH davlatlaridan Armaniston, Ozarbayjon, Belarus va Qozogʻiston oʻz stendlari bilan qatnashgan boʻlsa, bu yil faqat Belarus va Qozogʻistonning mudofaa sanoati korxonalari oʻz mahsulotlarini namoyish etadilar.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati choralariga alohida eʼtibor qaratildi, "Armiya-2020" hududi COVID-19 koronavirusidan holi deb eʼlon qilindi, ammo dunyodagi noaniq epidemiologik vaziyat koʻrgazmaga tayyorgarlikni murakkablashtirdi va xorijiy davlatlarning faolligini qisqartirdi. Eslatib oʻtaman: oʻtgan yili forumda 120 mamlakat va oʻnta milliy ekspozitsiya (Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Pokiston, Turkiya, Tailand, Janubiy Afrika Respublikasi) ishtirok etgan.

Belarus milliy mudofaa sanoati anʼanaviy mahsulotlar toʻplamini taqdim etadi: elektronika, optika, pilotsiz uchish apparatlari. Respublikadagi Moskva maydonchasi biznesni kengaytirish uchun istiqbolli deb hisoblanadi va hattoki shu joriy avgustdagi ichki siyosiy beqarorliklar "Belspetsvneshtexnika" kompaniyasining maydonchasi birlashtirgan ishtirokchilarning faolligini pasaytirmaydi.

Agar "Armiya-2019" forumida 15 korxona qatnashgan boʻlsa, unda bu yil Belarusning turli mulkchilik shaklidagi 20 ga yaqin kompaniyalari 200 dan ortiq harbiy mahsulotlar namunalarini, shu jumladan 122 mm li RSZO "Shkval" jangovar mashinasi va R-443O sunʼiy yoʻldosh aloqasi stantsiyasi maketlarini, MZKT-490101-010 yengil zirhli mashinasini, "Volar" koʻchma yuqori chastotali radiopelenglash majmuasi maketini taqdim etadi. Belarus Respublikasi har yili qiymati 1,5 milliard dollargacha boʻlgan qurol va harbiy texnikalarni eksport qiladi va ushbu tushumlarning katta qismi Rossiyaga toʻgʻri keladi.

Har bir "Armiya" koʻrgazmasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻz faolligini oshirib kelmoqda va milliy mudofaa sanoatining rossiyalik hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarini mustahkamlamoqda. Oʻtgan yili Qozogʻiston mudofaa sanoatini turli ixtisoslikdagi 10 dan ortiq korxona namoyish etdi. "Semey injiniring" zavodining stendi "Armiya-2019" forumi mutaxassislari va mehmonlarida katta qiziqish uygʻotdi, tashrif buyuruvchilar orasida RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham bor edi.

"Armiya-2020" forumida Qozogʻistondan “Semipalatinsk mashinasozlik zavodi”ning takomillashtirilgan oʻrmalovchi transporter-tortqich traktori, “Kirov nomidagi zavod”ning himoyalangan noutbuk va planshetlari, "Semey injiniring" korxonasining zirhli transport vositalarining mukammal taʼmiri va modernizatsiyalash xizmatlari namoyish etiladi. "Kazaxstan injiniring" kompaniyasining shoʻba korxonasi boʻlmish "Tыnыs" zavodi - ichki ishlar idoralari uchun aviatsion butlovchi qismlarining haqiqiy oʻlchovdagi namunalarini, shaxsiy himoya vositalarini namoyish etadi. "Tыnыs" Qozogʻistonning Rossiyaga aviatsion butlovchi qismlarni eksport qiluvchi yagona korxonadir.

“Armiya” forumi yaqin va uzoq xorijdan kelgan mutaxassislarga qurollarni, harbiy texnika va ikki tomonlama maqsadli mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish tendentsiyalarini aniqroq baholashga imkon beradi. Shuningdek, qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli ilgari surishga ham.

Rossiya ekspozitsiyasi

RF Mudofaa vazirligi qurollar, harbiy va mahsus texnikalarning 370 dan ortiq seriyali namunalarini, shu jumladan “Armata” platformasidagi T-14 asosiy jangovar tankini va T-15 ogʻir piyodalar jangovar mashinasini, tanklarni qoʻllab-quvvatlovchi yangi jangovar mashinani (BMPT), "Tayfun-VDV" mashinasi negizida "Drok" oʻziyurar minomyotini, "Buk-M3" qoʻshinlar oʻrta masofali harbiy havo mudofaasi majmuasini, piyodalar jangovar mashinasining K-17 jangovar moduli bilan jihozlangan "Bumerang K-16" zirhli transportyorini, 2S38 "Derivatsiya-PVO" oʻziyurar zenit-artilleriya majmuasini, 2S35 "Koalitsiya-SV" 152 mm artilleriya kompleksini, takomillashtirilgan T-90M va T-80BVM tanklarini taqdim etadi.

Bundan tashqari, forum mehmonlari va ishtirokchilari Rossiyaning tank sanoatining 100 yilligiga bagʻishlangan "Tankprom Alleyasi" koʻrgazmasi bilan tanishishlari mumkin boʻladi – unda “Patriot” bogʻida keng jamoatchilikka birinchi marta 22 ta tank va zirhli mashinalar namoyish etiladi.

Patriot bogʻining pavilonlari va ochiq maydonlarida va uning mintaqaviy filiallarida Rossiya mudofaa sanoatining mashhur seriyali va mutlaqo yangi qurol-aslahalari namoyish etiladi. Ularni bir vaqtning oʻzida koʻrish imkoniyati boʻladi.

Rossiya harbiy-sanoat kompleksining yetakchi "Obʼyedinennaya sudostroitelnaya korporatsiya", "Obʼyedinennaya aviastroitelnaya korporatsiya", "Rostex", "Takticheskoye raketnoye voorujeniye", "Kalashnikov", "Almaz-Antey" korxonalari stendlarida qurollarning eng qiziqarli namunalari va istiqbolli ishlanmalari bilan tanishish mumkin boʻladi. Chet ellik hamkorlarning samarali ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi: ilmiy va ishbilarmonlik dasturida kuchli multimedia uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan 49 konferentsiya zali va muzokaralar xonalaridan foydalansa boʻladi. Texnik vositalar sayyoramizning uzoq burchaklarini telekonferentsiya rejimida bogʻlab, forum ishtirokchilarining geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.

Yorqin xususiyatlar

"Armiya-2020" juda koʻp qiziqarli hodisalarga boy boʻladi: ochiq maydonchada 70 dan ortiq natural hajmdagi aviatsiya texnikasi namunalari koʻrgazmasi, koʻrgazmali parvozlar, Ulugʻ Vatan urushida Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar.

Tomoshabinlarni "Russkiye vityazi", "Striji", "Berkutы" yuqori pilotaj guruhlarining anʼanaviy va doimo hayratga soladigan aviashousi kutmoqda. Zamonaviy tarixda birinchi marta "Striji", tarkibida toʻqqizta ekipaj boʻlgan guruhli pilotaj figuralari majmuasini namoyish etadi.

Eʼlon qilingan harbiy texnikalar namunalari orasida “Vityaz-D” chuqur suv osti apparati ham bor, u “Mariana” chuquri tubiga tushgan. Bunday apparatlar ilmiy va harbiy sohalarda noyob hisoblanadi.

Birinchi marta (26 avgust kuni) Rossiya Havo-kosmik kuchlarining 20da ortik texnika namunalari ishtirokida, qanotli raketalar va dronlarga qarshi kurash vositalarining jangovar qobiliyatlari dinamik namoyishi boʻlib oʻtadi.

Patriot bogʻining koʻrgazma markazi hududida havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa qoʻshinlari va pilotsiz aviatsiya boshqaruvi ekspozitsiyalari ochiladi. S-400 "Triumf tizimi, "Podlet" radiolokatsion stantsiyasi, "Pantsir-S1" zenit-raketa-toʻp majmuasi jangovar mashinasi, Tu-143 "Reys" pilotsiz razvedka samolyoti va "Pchela" masofadan boshqariladigan uchish apparatlari namoyish etiladi. Bundan tashqari aviatsiya sanoatining Mi-25M, Mi-25P, Mi-171SH va Ka-226 vertolyotlari ham namoyish etiladi.

"Armiya" forumining dunyoda harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi analogi yoʻq. Eng soʻngi harbiy texnikalarning misli koʻrilmagan koʻlami har uch jangovar muhitda - Alabino oʻquv poligonida, "Komsomolskoye" koʻlida va Kubinka aerodromidagi namoyishlar bilan toʻldirilmoqda. Xorijning ixtisoslashgan nashrlarining, xususan, Amerikaning The National Interest nashri, qiziqishi tabiiydir.

Barchasi esa 2015 yilda besh mamlakatdan - Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Pokiston, Malayziya bilan boshlandi. 2017 yilda Xitoy, JAR va Malayziya oʻrnini egallagan Slovakiya qoʻshildi. 2018 yilda Turkiya qoʻshildi. 2019 yilda - Ozarbayjon va Tailand. 2016 yilda forumda endi 58 ta korxona va xoldinglar ishtirok etdi, 2017 yilda - 78 ta, 2018 yilda - 84 ta, 2019 yilda – forumda 100 ta xorijiy kompaniyalar oʻz mahsulotlarini namoyish etdi.

Asosiy mavzular