20:17 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
514 0 0

Harbiy ekspert, "Natsionalnaya oborona" ("Milliy mudofaa" -tahr.) jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko Turkiya nima sababdan Rossiyaning S-400 tizimlarini tanlaganini soʻzlab berdi.

Rossiya va Turkiya S-400 tizimlarining ikkinchi polkini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolashga yaqinlashishmoqda.

Bu haqda Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmati rahbari Dmitriy Shugayev aytib berdi.

Avvalroq "Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev bu kelishuv allaqachon imzolanib boʻlganini maʼlum qilgan edi.

Turkiya qurol sotib olish sohasida mustaqil siyosat olib bormoqda, deb taʼkidladi harbiy sharhlovchi, "Natsionalnaya oborona" jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko.

Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya oʻzining jangovar salohiyati boʻyicha NATOning ikkinchi qudratli davlati boʻlishiga qaramay, unga faol yuklatilgan Amerikaning Patriot majmuasini emas, balki Rossiyaning S-400 tizimini tanladi.

"Bu tanlov S-400 zenit-raketa tizimining ajoyib taktik va texnik xususiyatlari bilan bogʻliq. Bizning ilmiy-konstruktorlik gʻoyamiz Amerikanikini ortda qoldirmoqda. Biz doim havo mudofaasi tizimlarini ishlab chiqishda AQShdan oldinda boʻlganmiz. S-400 bugungi kunda Jahon qurol bozorida maʼlum darajada Rossiya mudofaa sanoatining tashrif qogʻozidir. Uning imkoniyatlari, hususiyatlari boʻyicha unga teng keladigani yoʻq. Turkiya eng yaxshisini tanladi. Bugungi kunda Turkiyaning tanlovi mutlaqo tabiiydir, va katta bosimga qaramay, Erdoʻgʻon bu bosimga dosh berdi, chunki u S-400 oʻz havo hududi xavfsizligini kafolatlashini tushunadi", - dedi Korotchenko.

Eslatib oʻtamiz: 2019 yilda Moskva Anqaraga toʻrtta S-400 divizionini yetkazib berdi. Shartnomaning umumiy miqdori 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu AQSH va Turkiya oʻrtasida qattiq tortishuvlarga sabab boʻldi: Vashington shartnomadan voz kechishni va Patriot tizimlarini sotib olishni talab qildi.

Anqara, oʻz navbatida, Gʻarb tomonidan sanktsiyalar tahdidiga qaramay, RF bilan muzokaralarni davom ettirdi.

Asosiy mavzular