06:57 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
129110

Rossiya oʻz chegaralari yaqinida NATO havo razvedkasi hamda strategik bombardimonchilar parvozlarini payqamoqda. Bu nimadan darak berishi mumkin?

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik, Nikolay Protopopov. Quruqlik qoʻshinlari, bombardimonchi va qiruvchi samolyotlar, dengiz kuchlari - Pentagon va NATO Belarus chegarasi yaqinida yana faolligini oshirmoqda.

Yaqinda Litvada AQShning tank bataloni joylashtirildi. U  “Atlantik qatʼiylik” harbiy operatsiyasida ishtirok etadi.

Boltiqboʻyidagi “doʻstlar”

Bir necha oʻnlab Abrams tanklari, Bradley piyodadar jangovar mashinalari, zirhlangan yoʻltanlamaslar – Pabrad poligonida kichik armiya paydo boʻldi. Biroz oldin amerikaliklar Litvaga aviatsiya hamda Apache va Black Hawk vertolyotlarini yuborishgan edi.

Belarus Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, chegaradan 15 km masofada boʻlgan  poligonga 500 nafar askar, 29ta tank va 43ta piyodalar jangovar mashinalari jamlangan.

Litva esa ushbuni – litva qoʻshinlari amerikalik harbiylar bilan birga oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgani bilan izohladi. Ushbu manyovrlar reja boʻyicha amalga oshirilmoqda va uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagan, - deb izohladi.

Aytish joizki, Vilnyus amerikaliklardan Litva poligonlarida imkon qadar tez-tez ana shunday mashgʻulotlar oʻtkazib turishni soʻrashmoqda. Xorijiy mehmonlar uchun qulay sharoit yaratish qoʻshni davlat hukumatining asosiy vazifalaridan biriga aylangan.

Amerika qoʻshinlarining “Atlantik qatʼiylik” dasturi Oq uyning oldingi rahbari vaqtida boshlangan edi, - deydi  harbiy ekspert “Valday”klubi aʼzosi Artem Kureyev. — ushbu dastur Belarus voqealari bilan bevosita bogʻliq emas. Lekin koronavirus pandemiyasiga qaramasdan amerikalik harbiylar rotatsiya grfikiga qatʼiy rioya qilgan holda rejadagi dasturlarini amalga oshirmoqda.  

Eslatib oʻtamiz “Atlantik qatʼiylik” dasturi 2014 yilda Qrim Rossiyaga qoʻshilganidan soʻng ishga tushgan edi. Oʻshanda amerkaliklar “Rossiya agressiyasi”  bahonasida Yevropaning turli davlatlarida qoʻshinlarini joylashtira boshlagan edi.

Nosogʻlom faollik

Ekspertlar xulosasiga koʻra, NATO 2014 yildan boshlab Rossiya chegaralari yaqinida harbiy faollikni 2 baravar oshirgan. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytishiga qaraganda Shimoliy Atlantika alyansi sovuq urush davridagi qarama qarshilikka qaytishga harakat qilmoqda: NATO Sharqiy Yevropada harbiy infratuzilmani hamda raketaga qarshi tizimlarni rivojlantirmoqda.

Boltiqboʻyidagi harbiy kuchlar soni kamaymasligi aniq, - deydi Kureyev. – Ushbu mamlakatlar rahbarlari uchun oʻz saylovchilariga “rus tahdidi”dan himoya sifatida AQSH bilan hamkorlik rivojlantirilayotganini namoyish qilish kerak. Bu bilan ular oʻzlarining iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklari hamda portlar toʻliq ishlamyotganini oqlashi mumkin.

Undan tashqari, Germaniyadan farqli oʻlaroq, Latviya, Estoniya va Litva begona armiyani oʻz hisoblaridan boqishga rozi.

AQSH qoʻshinlari harakatlanishini Yevropa koʻchalarida tez-tez koʻrib turish odatiy holga aylangan. Ularning Yevropadagi eng katta platsdarmi Polshada joylashgan. Hozir bu yerda 4,5 mingga yaqin harbiylar bor. Yaqinda ular yana ming kishiga koʻpayadi.

Vashington va Varshava kengaytirilgan harbiy hamkorlik haqida shartnoma imzolashdi. Unga koʻra Polshada AQSH kuchlarining qoʻmondonlik-shtab tizim yaxshilanadi, jangovar tayyorgarlik markazlari yaratiladi hamda harbiy transport va aviatsiya boʻlimlarini hamda maxsus kuchlarni tezda joylashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Bunda AQSH Rossiya bilan NATO orasida 1997 yilda imzolangan Asosiy bitimning shartlarini mohirlik bilan aylanib oʻtmoqdalar. Bitimga koʻra Alyans oʻzining sharqiy chegaralarida katta miqdorda harbiy kuchlarni doimiy joylashtirmasligi kerak edi.

Rossiyani “qoʻrqitish” maqsadida Yevropaga oʻnlab samolyotlar va vertolyotlar olib kelindi. Polshada F-16 qiruvchilari va C-17 Hercules tranport samolyotlari joylashtirildi. Litvaga baʼzi baʼzida qiruvchi samolyotlar yuboriladi. Oʻz kuchini namoyish qilish maqsadida Pentagon NATOdagi ittifoqchilari aerodromlariga oʻzining 5-avlod “koʻrinmas” F-35 Lightning va F-22 Raptor samolyotlarini ham yuborib turadi. Polshada esa razvedka-jangovar MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlari bazasi qurilmoqda.

Kuch namoyishi

Yevropada AQSH strategik aviatsiyasi faol ishlamoqda. Avgust oxirida uchta V-52N bombardimonchi samolyotlari Kaliningradga qanotli raketalar bilan zarba berish stsenariysini mashq qilishdi. “Strateglar”  Britaniyaning Ferford aviabazasidan osmonga koʻtarilib Niderland, Germaniya, Polsha ustidan uchib oʻtishdi va Estoniyaning Tapa poligoni hududida ustida Rossiya hududidagi obʼyektlar boʻyicha raketa zarbalari berishdi.

Sentyabr boshida “uchuvchi qalʼalar” Ukraina ustidan sekin uchib oʻtishgan edi. Oʻshanda 3ta samolyot ilk bor Ukraina havo hududiga kirib kelib, ushbu davlat qiruchilari kuzatuvi ostida Azov dengizigacha uchib borib orqaga qaytishgan edi.

Rossiya havo-kosmik kuchlari bosh qoʻmondoni Sergey Surovikin aytishiga koʻra, faqatgina bir haftda ichida— 28 avgustdan 4 sentyabrgacha — AQSH bombardimonchi samolyotlari Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa osmonida 10ta yakka va guruhli parvozlar amalga oshirishdi. Undan tashqari oʻnlab turli xil razvedkachilar Rossiya chegaralari boʻylab sekn uchib oʻtmoqda – Rossiya havo kuchlari qiruvchilariga ularni “tutib olish” uchun kuniga bir necha bor osmonga koʻtarilishga toʻgʻri kelmoqda.

Kureyev aytishiga qaraganda Rossiya, oʻz hududi boʻylab turli zarba berish stsenariyalarini, Xitoydan farqli oʻlaroq, xotirjam qabul qilmoqda. Pekin bunga juda asabiy munosabatda boʻlib, darhol oʻz harbiy quvvatini namoyish qilishga harakat qilmoqda”, - deydi ekspert.

AQSH suv havzalarini ham diqqatsiz qoldirmayapti. Ularning kemalari nafaqat Qora dengizda tez-tez mehmon boʻlmoqda, balkin avgust oxirida AQSH Norvegiyaga ham USS Seawolf dengiz kemalarini joylashtiridi. Biroz oldin esa NATO kemalari Shimoliy Anlantikaning Islandiya qirgʻoqlari yaqinida kemalarga qarshi mashgʻulotlar oʻtkazgan edi.

May oyida amerika floti 30 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marotaba Baretsovo dengiziga kirib keldi. "Porter", "Donald Kuk",  "Franklin Ruzvelt"  raketa kreyserlari ekipajlari hamda Britaniyaning "Kent" fregati murakkab iqlim sharoitlarida harakat qilishni oʻrganishgan edi.

Bularning barchasi alyans tomonidan Shimolda oʻz harbiy potentsialini kuchaytirish. Balkim Rossiya Shimoliy flotining quvvati oshib borayotganidan darak beradi. Axir AQSH SSSR tarqalib ketgani va Sovuq urush tugaganidan soʻng Rossiya flotini jiddiy raqib sifatida tan olmayotgan edi.

Asosiy mavzular