06:03 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
1413 0 0

Rossiya AQSH bilan tuzilgan Strategik hujumkor qurollanishni yanada qisqartirish va cheklash toʻgʻrisidagi shartnomani uzaytirish tarafdori. Biroq Vashington yangi talab qoʻyib, vaqtni choʻzmoqda.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Galiya Ibragimova, Sofya Melnichuk. Rossiya Strategik hujumkor qurollanish toʻgʻrisidagi shartnomani (DNSV-3 – keyingi oʻrinlarda) saqlab qolish tarafdori va AQShni buni uzaytirishga chaqirmoqda. Muzokaralar yoz oyidan beri davom etmoqda. Vashington hujjatni qayta koʻrib chiqishni talab qilmoqda, Moskva biror bir narsani oʻzgartirishdan bosh tortmoqda. Muammo aslida nimada – RIA Novosti oʻrgandi.

Ispыtatelnыy zapusk raketы Trident II D5 s podvodnoy lodki Nebraska u poberejya Kalifornii
U.S. Navy photo by Mass Communication Specialist 1st Class Ronald Gutridge

“Biz munosabatlarni koʻrmayapmiz”

“Zudlik bilan hal qilish mumkin va zarur boʻlgan birinchi navbatdagi masala, - bu, albatta, juda tez orada, 2021 yil fevral oyida muddati oʻz nihoyasiga yetayotgan Rossiya va AQShning Strategik hujumkor qurollanish toʻgʻrisidagi shartnomasidir. Biz amerikalik hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, - dedi Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ochilish marosimida.

Rossiya prezidenti mamlakatlarni yangi raketa tizimlarini kengaytirishda ham vazminlikka chaqirdi. Oʻtgan yili Qoʻshma Shtatlar Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasidan (DRSMD) chiqdi, shundan soʻng Moskva Yevropada ularning joylashtirilishiga moratoriy eʼlon qildi. Putin taʼkidladi: “AQSH bunday choralardan oʻzini tiyib turmaganga qadar”.

“Biz, afsuski, taklifimizga oid munosabatni na amerikalik hamkorAQarimiz, na ularning ittifoqdoshlaridan eshitdik”, - deya qoʻshimcha qildi u.

SNV-3 muddatini uzaytirishni Antoniu Guterrish ham bir necha bor tavsiya qilgandi. AQShning shartnomaga Xitoyni ham jalb qilish talabiga esa BMT bosh kotibi salbiy munosabat bildirdi. Rossiya doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ham amerikaliklarni “katta xatodan” ogohlantirgandi.

Strategik xavfsizlik tayanchlari

DSNV-3 – yadroviy texnologiyalar ustidagi nazorat sohasida eng muhim hujjat. Moskva va Vashington uni 20210 yilda imzolab, strategik qurol-aslahalarini qisqartirish majburiyatini zimmasiga olgan edi. Jarayon yetmishinchi yillar boshida boshlangandi. Oʻshanda sovuq urish dushmanlari birinchi Strategik qurollanishni cheklash toʻgʻrisida shartnoma (OSV-1) tuzgandi. Oʻshandan buyon bu borada yettita ikki tomonlama bitim qabul qilingan.

AQSH bularni hech qachon shubha ostiga qoʻymagan edi, lekin Donald Tramp prezidentligi hammasini oʻzgartirdi. Oq uy rahbari kelishuvlarni zamonaviy reallikka moslashtirishga intilmoqda, yangi qurollanish poygasi istiqboli esa uni qoʻrqitmayapti.

2019 yil avgust oyida AQSH DRSMDdan chiqish qarorini Rossiyaga boʻlgan eʼtiroz bilan tushuntirdi. Asosiy eʼtiroz – goʻyoki Moskva hujjat bilan taqiqlangan SSC-8 raketasini sinovdan oʻtkazgan (Rossiya tasnifida – 9M729).  Amerikaliklar aniq ravshan dalillar taqdim etishmadi.

Shunday boʻlsa ham, norasmiy suhbatlarda ular tan olishgandi: muammo Moskva xatti-harakatlarida emas. Pentagon Xitoyni oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar yasashda gumon qildi va Xitoy hukumatini strategik qurollanishga oid muzokaralarga qoʻshilishini talab qildi. Pekin bu xohishlarni eʼtiborsiz qoldirdi.

2020 yil may oyida AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqdi va yana Moskvani aybladi. Emishki, ruslar nazorat parvozlariga toʻsqinlik qilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi buni rad etdi. Vazirlik amerikaliklar kosmosni faolroq oʻzlashtirish niyatida ekani va Ochiq osmon shartnomasi ularni qoʻllarini bogʻlab turganini taxmin qildi.

Yadroviy tenglik

“AQSH va NATOni Xitoyning yadroviy dasturi jadallik bilan rivojlanib borayotgani tashvishga solmoqda. Aftidan, xitoyliklar bu masala boʻyicha Vashington va Moskva bilan baravarlikka erishish niyatida”, - deya tushuntirdi yoz oyida qurollanish ustidan nazorat boʻyicha AQSH maxsus vakili Marshall Billingsli.

DSNV-3 Rossiyaning taktik yadroviy salohiyati oshishini cheklamasligi ham Vashingtonni noroziligiga sabab boʻlmoqda. Billingsli strategik qurollanish verifikatsiyasi joriy mexanizmini ham tanqid qildi.

Munozaralar boshlangan, lekin amerikaliklar navbatdagi shartlarni ilgari surishdi. “AQSH suhbatga eng yangi Rossiya qurollashini qoʻshishni talab qilmoqda, bu koʻra bila turib oʻzini bilmaslikka olishni anglatadi”, - dedi Rossiya vaziri.

“Yaxshi taklif”

Uchrashuvlarning ikkinchi bosqichi sentyabr oyida yakunlandi – oldinga siljish yoʻq. AQShda yangi talab – qoʻshimcha bitim qabul qilish.

Amerikaliklar unga nafaqat strategik, balki taktik yadroviy qurol-yarogʻlarni kiritishni taklif qilishmoqda. Yagona yon berish – Vashington muzokaralar jarayoniga Xitoyni qoʻshishni vaqtinchi keyinga surishga rozi boʻldi.

“Biz Rossiyaga yaxshi taklif bildirdik”, - dedi Billingsli.

Rossiya TIV Moskva shartnomani faqat hozirgi koʻrinishida uzaytirishini maʼlum qildi. Uning amal qilish muddati bir necha oydan keyin tugaydi, va biror bir narsani oʻzgartirishga vaqt yoʻq. Vazirlik kelishib olish jarayonini amerikaliklarning oʻzi choʻzib yuborganini taʼkidladi.

“AQSH manfaatlar muvozanati asosida biror bir yangilik ishlab chiqishga tayyor boʻlsa, unda bitimni imzolash mumkin. Biroq vaqt talab etiladi”, - deya vaziyatni izohladi Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov.

“AQSH imtiyozlar ortidan quvmoqda”

“Muqobillar koʻp emas: yoki DSNV-3 ni oʻzgarishsiz uzaytirish, yoki batamom undan voz kechish”, - deya hisoblaydi qurollanish ustidagi nazorat masalalari boʻyicha mutaxassis Yevgeniy Myasnikov.

U shartnomaning asosiy ahamiyatga ega jihatini strategik qurollanish verifikatsiyasi tizimda koʻrada. “Avvallari bir-birini harakatlarini nazorat qilish qiyin edi. Tomonlar eng yomon stsenariydan kelib chiqishardi va bu keskinlikni kuchaytirardi. Agar tizim qulasa, oʻtmishning takrorlanishi xavfi oʻsadi”, - deya ogohlantiradi ekspert.

Rossiya siyosiy tadqiqotlar markazining (PIR-Tsentr) yangi texnologiyalar va xalqaro xavfsizlik boʻyicha dasturi direktori Vadim Kozyulinning shubhasi yoʻq: shartnomani uzaytirishadi. AQSH talablarini u tikkan pulni oshirish oʻyini singari baholaydi.

“Tramp unga mos keladigan rolda: bitim tuzishdan oldin koʻproq imtiyozlarga ega boʻlmoqchi. Lekin vaqt deyarli qolmadi, amerikaliklar esa muddatni uzaytirishga rozi boʻlishadi. Yangi shartlar – keyingi muhokamalar mavzusi. Buning ustiga Rossiyaning ham taktik yadroviy qurol-yarogʻ va Yevropada amerika quroliga doir takliflari bor”, - deya fikr yuritadi ekspert.

U DNSV-3ga uchuvchisiz uchadigan tizimlar kiritilmasligini aytadi, biroq ularni yadroviy qurol tashuvchilari sifatida ham koʻrish mumkin.

“Uchuvchisiz uchadigan qurilmalar Rossiyaning koʻplab savollariga sabab boʻladi. Bunday olib qaralsa, bu qanotli raketalar – koʻp marta foydalanish tufayli jiddiy xavf tugʻdiradi. Lekin DNSV-3 boʻyicha uchrashuvlar doirasida Moskva bu mavzuni hozircha jadallashirmayapti”, - deydi Kozyulin.

Uning soʻzlariga koʻra, nazorat tizimini saqlab qolish hozir asosan AQShga bogʻliq. Agar AQSH muloqotlarga rozi boʻlsa, kelajakda unga Xitoy, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Pokiston – yadro quroliga ega boʻlgan davlatlarni jalb qilish mumkin.

Asosiy mavzular