05:41 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
632 0 0

Siyosatshunos, RF jamoatchilik palatasi aʼzosi Sergey Markov Yevroittifoq Belarusga nisbatan qanday oʻyin qoʻllayotgani va bu Rossiya bilan qanday bogʻliqligini tushuntirdi

Yaqinda Vilnyusda Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tixanovskayaning aytishicha, frantsuz yetakchisi "belaruslarni erkinlik uchun kurashda qoʻllab-quvvatlaydi va mamlakatdagi siyosiy inqirozni bartaraf etishda yordam berish uchun barcha ishni amalga oshirishga vaʼda bergan".

Germaniya kantsleri Angela Merkel ham shunga oʻxshash pozitsiyani egalladi. Merkel Belarus saylovlari natijalarini tan olmasligini maʼlum qildi va Tixanovskaya bilan uchrashish istagini bildirdi.

Belarusdagi toʻntarishga umid bogʻlab va Svetlana Tixanovskayani qoʻllab-quvvatlab, YEI mamlakatlari yetakchilari "amerika kun tartibi boʻyicha harakatlanishmoqda", deb hisoblaydi siyosatshunos Sergey Markov.

Uning taʼkidlashicha, bularning barchasi - Rossiyaga bosim oʻtkazish maqsadida amalga oshirilayotganini payqash qiyinmas.

"Nega Merkel va Makron Rossiya bilan muloqotni tobora yaxshilash gʻoyasiga xoinlik qilib, kuch stsenariysi, xususan, Belarusdagi toʻntarishni qoʻllab-quvvatlash va Navalniy zaharlanishi voqeasidan foydalanib Kremlni rasvo qilib koʻrsatishga umid bogʻlashmoqda? Bu Merkel va Makronning dahshatli xatosidir va ozod Yevropa gʻoyasiga xoinlik qilish YEIdagi xavfsizlik va taraqqiyotning barbod boʻlishiga olib keladi", - deya qayd etdi Markov.

Ekspertning toʻliq izohini radiopodkastda rus tilida tinglang.

Pochemu stranam YES vыgodno podderjivat oppozitsiyu Belarusi — mneniye politologa

Asosiy mavzular