03:49 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
97244

Oʻn birinchi oktyabr kuni Oʻzbekiston poytaxtida kishi sezmas tarzda - kamida sobiq sovet respublikalari miqyosida tarixiy va tub burilish unvoniga tortadigan voqea boʻlib oʻtdi.

Sergey Savchuk

Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi Oʻzbekistonda rus tili va umumiy fanlarni rus tilida oʻqitish sifatini oshirishga qaratilgan "Zoʻr!" ("Klass!") qoʻshma loyihasini amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolandi. Loyiha oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolgan emas, uni Alisher Usmonovning "Sanʼat, fan va sport" xayriya jamgʻarmasi axborot va moliyaviy tomondan qoʻllab-quvvatlamoqda: birinchi bosqich amalga oshirilishi uchun jamgʻarma besh million dollar mablagʻ ajratdi.

Oʻzbekiston tomoni iltimosi bilan respublikaga Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining 32 nafar mutaxassisi yuborilgan. Ular rus tilidan alohida dars berib, shuningdek, rus tilida oʻqitiladigan oʻquv fanlari sonini kengaytirish bilan shugʻullanadilar. Imzolangan memorandum kelgusi yildan boshlab Oʻzbekistonga yuz nafar oʻqituvchilar yuborilishi, undan keyingi yillarda pedagoglar soni yana yuz nafarga ortishini anglatadi. A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida rossiyalik mutaxassislar mahalliy oʻqituvchilar va metodistlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanadilar.

Ushbu dastur taxminan 30 ming nafar mahalliy pedagoglarni qamrab olishini nazarda tutadi, bu esa rus tili va rus tilida olib boriladigan predmetlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

Ushbu voqea va Oʻzbekiston rahbariyatining mamlakatni rus tilini ommaviy oʻrganishga tomon "burilishi" joriy yil maktablardagi oʻqish rusiyzabon fuqarolar uchun birorta ham maktabni ochmagan, bu bilan ularni Pushkin va Lermontov tilini oʻrganishdan bebahra qoldirgan oʻsha Ukraina fonida, albatta, ajralib turadi. Yaqin oʻn yilliklar davomida madaniy, etnik va lingvistik jihatdan birodarimiz sanalib kelingan oʻsha Ukraina fonida.

Oʻzbekistonning ortga qaytish oriyentatsiyasi haqida gapirilar ekan, kartina yanada toʻliq boʻlishi uchun qator boshqa voqealarni yodga olish muhim.

Oʻzbekiston tarixan sovet atom dasturi bilan bogʻliqligi hech kimga sir emas. Butun sovet ittifoqi joʻr boʻlib kuylagan xonish - Uchquduq nomi - bu shunchaki joʻgʻrofiy nuqta emas. Bu, shu jumladan, uran ishqorlashtirib olinadigan quduqlarni anglatar edi. Mamlakat uchun nihoyatda muhim boʻlgan metall konlari oʻtgan asrning 50-yillarida aniqlangandi.

Xuddi oʻsha yili Toshkentda Yadro fizikasi institutiga asos solinadi va uning negizida VVR-SM tadqiqot reaktori ishga tushirildi. Qizil imperiyaning qulashi va uning ortidan roʻy bergan koʻngilsizliklarga qaramay, reaktor 2016 yilga qadar sidqidildan ishladi. U oʻz ishini davom ettirishi mumkin edi, ammo shu yerda siyosat aralashuvi yuz berdi.

Oʻzbekiston rejali asosda oʻz ilm-fanini qayta tiklash va energetikani tubdan modernizatsiyalash sari yoʻnalish olmoqda.

Toshkent 2018 yildan buyon "Rosatom" korporatsiyasidan respublikada atom elektrostantsiyasini qurishni qatʼiy soʻramoqda va tashqi belgilarga qaraganda, tomonlar aniq bitim tuzishga yaqin. Ochiq manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, Jizzax viloyatining Tuzkon koʻliga yaqin hududda 1,2 gigavatt quvvatga ega III+ avlodiga mansub ikkita energobloklarni qurish rejalashtirilgan. Agar AES barpo etilsa, u nafaqat Oʻzbekiston, balki sovet Oʻrta Osiyosi tarixidagi birinchi atom elektr stantsiyasi boʻladi.

Bunday murakkablilik darajasidagi texnik obʼyektga xizmat koʻrsatishning - maʼlumotli texnik mutaxassislarsiz, ularni oʻqitadigan maktabsiz va lingvistik matritsa - oʻsha rus tilisiz - iloji yoʻq.

Bir yil oldin esa MIFI NIYAU ning Toshkentdagi ilk filiali ochilgan va tanlov asosida ilk talabalar oʻqishga qabul qilingan edi.

Bundan tashqari Rossiya oʻzbek gidro elektr stantsiyalarini modernizatsiya qilmoqda. Kelgusi yilda Farhod GESining ilk texnik qayta modernizatsiyasi yakunlanadi, energetika vazirligi talabiga asosan oʻrta quvvatga ega toʻrtta yangi GESlar loyihaviy ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston rahbariyatining uzoqni bilish qobiliyatini eʼtirof etmoq lozim. Sobiq sovet respublikalari orasida oʻziga nasib etgan infratuzilmaviy va texnik merosni tez fursatda yeb bitirgan, boylar safida turmaydigan davlat oddiy, ammo koʻzga tashlangan faktni qabul qildi - yaʼni mamlakat texnologik qoloqlik oʻrasidan chiqa olishi va faqatgina Rossiya yordamida mintaqaning eng muhim energetik oʻyinchisiga aylanishi mumkinligini tushundi. Buning uchun esa rus tili zarur, u ham boʻlsa ommaviy ravishda, har bir maktabda boʻlishi kerak. Yaʼni yaqin yillar ichida davlatda - Oʻzbekiston ular yordamida tarixning yangi pillapoyasiga sakrab oʻtishi uchun bazani shakllantiradigan - rus tilida gaplashuvchi oʻzbeklar keraklicha yigʻilishi kerak.

Bizning suhbatimiz oddiy boʻlmagan umumiy tariximizsiz bir yoqlama boʻlib qolar edi. Koʻpchilikning yodida boʻlsa kerak,Boltiqboʻyi, Gruziya, Ukraina va hatto Oʻrta Osiyo davlatlaridan toʻqsoninchi yillarda ruslarning haydab solinishi voqealari.

Shuning ortidan rus tili majburiy tarzda yoʻq qilingan barcha hududlarda bir-biriga juda oʻxshash degradatsiya jarayonlari boshlandi. Birinchi navbatta, albatta, texnik degradatsiya.

Oʻz real hayotidan ruslarni va rus tilini haydab solganlar mustaqillikning oʻttiz yili oʻtib faqatgina poʻlat quyish kombinatlari, atom elektrostantsiyalar va sobiq millioner-shaxtalarning yopilib ketgani bilangina maqtana olsa kerak. Shunday boʻldiki, murakkab ishlab chiqarish va ilm-fan milliy tillar vakuumida darmondan qoldi.

Rossiya oʻzining zamonaviy munosabatlarini qardoshlik haqidagi lirik va puch fantaziyalarsiz, pragmatik yondashuv asosida qurmoqda - va juda toʻgʻri qiladi.

Rus tilining Oʻzbekistonga qaytishi - bu, yengil pafos uchun mazur tutgaysiz, tarixiy adolatning tiklanishi, Rossiyaning postsovet muhitida muqobilsiz yetakchilik roli isbotidir.

Bugun rus parovozi pritsepidan oʻrin olish uchun kamida lokomotiv brigada tilini bilish kerak. Bu faktni tushunganning ishi hamisha yaxshi boʻladi. Boshqalarga esa achinish yoʻq.

Asosiy mavzular