13:33 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
115130

MDH mamlakatlari Oʻrta Osiyo instituti boʻlimi rahbari Andrey Grozin Rossiya ishtirokidagi MO+1 formati istiqbollari haqida gapirdi va mintaqaga nisbatan Moskva yondashuvi Gʻarb manfaatlaridan nimasi bilan farqlanishiga aniqlik kiritdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning tashqi ishlar vazirlari MO+1 formatida videoyigʻilish oʻtkazdilar.

Diplomatlar siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilib, koronavirus hamda Afgʻonistondagi vaziyat borasida ham toʻxtaldilar. Vazirlar, shuningdek, mamlakatlarning oʻzaro gumanitar hamkorligi istiqbollarini belgilab oldilar.

Andrey Grozinning fikricha, muzokaralar va maslahatlashuvlarning joriy formati yangilik emas - va bunda Rossiya velosiped ixtiro qilgani ham yoʻq.

"Bu YEOII yoki KXSHTda boʻlgani singari faqat iqtisod yoki xavfsizlik masalalari bilan chegaralanib qolmay, balki barcha muammolar xususida gaplashib olishning eng foydali va oddiy usulidir. Rossiya ishtirokidagi MO+1 formati hali oʻylangani kabi faoliyat koʻrsatmayotgani bu boshqa masala, yaʼni bu format qandaydir doimiy amal qiluvchi instrumentga aylanmagan", - deya taʼkidladi ekspert.

Shu bilan birga, Grozin Moskvaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan tamomila boshqacha yondashuviga eʼtibor qaratdi. RF mintaqani yagona madaniy maydonning bir qismi sifatida qabul qilib, mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli uzoq yillik aloqalarni oʻrnatib kelmoqda.

"Bu yerda mavhum nazariy geosiyosat mavjud emas. Markaziy Osiyo Rossiya uchun - biz bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan, umumiy tarixiy va madaniy ildizlarga ega hududdir. AQSH uchun MOdagi siyosat shaxmat oʻyini kabidir, ammo biz uchun mutlaqo shaxmat doskasimas. Bizning kelajagimiz va bizning tinchligimiz ushbu mintaqadagi xavfsizlikka bogʻliqligini tushunamiz", - deya tushuntiradi ekspert.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglang.

Asosiy mavzular