19:40 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
193 0 0

“SNV-3”ni uzaytirish, koʻp jihatdan, AQShdagi boʻlajak prezident saylovlarida kim gʻolib chiqishiga bogʻliq. Demokratlar gʻolib chiqsa shartnomani uzaytirishga umid paydo boʻladi.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Strategik barqarorlik borsida Vashington bilan muzokaralar davom etadi, dedi Rossiya fanlar akademiyasi bosh ilmiy xodimi, amerikashunos mutaxassis Konstantin Bloxin, Sputnik radiosi efirida.

Amerika prezident Vladimir Putinning “SNV-3”ni davom ettirish taklifiga rad javobi bergan boʻlsada, Moskva Vashington bilan strategik barqarorlik borasida munosabatlarini davom ettirishga umid qiladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.   

Biroz oldin Oq Uy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mavjud shartnomani uzaytirish haqidagi taklifini dastlabki shartlarsiz uzaytirishdan bosh tortgan edi.

“Biz Amerika tomoni bilan muzokaralarni davom ettirish umididamiz. Prezident aytganidek ushbu shartnomasi uzaytirish bizga qurol-yarogʻni nazorat qilish masalalarida batafsil muzokaralar olib borish uchun 12 oy muddat bergan boʻlardi, - dedi Peskov  

Rossiya prezidentining matbuot kotibiga koʻra, dunyo xavfsizligining muhim asosi boʻlgan ushbu “shartnoma”dan voz kechish - oʻta ogʻiq oqibatlarga olib kelishi mumkin.

- Shu sababli biz amerikalik hamkorlarimiz ushbu hujjatni uzaytirishga tayyor ekanini eshitishni istagan boʻlardik”, - dedi Peskov. Lekin bu borada hozircha kutilgan progress sodir boʻlmayapti, lekin bu ushbu  jarayonni butunlay toʻxtatish kerakligini anglatmaydi.

Bloxin aytishiga qaraganda, ushbu shartnoma taqdiri, koʻp jihatdan, AQShdagi boʻlajak prezident saylovlarida kim gʻolib chiqishiga bogʻliq.

“Respublikachilar partiyasi vakili Donald Tramp, birinchidan Xitoyni yomon koʻradi. U SNV-3ni uzaytirishni Xitoy bilan bogʻlamoqda. Ikkinchidan, anʼanaga muvofiq, respublikachilar partiyasi qurol-aslaha nazoratini buzishga harakat qilmoqda. Masalan, kichik Bush davrida Amerika Havo mudofaasi shartnomasidan chiqqan edi. Tramp esa oʻrta va kichik masofaga uchuvchi raketalar hamda ochiq osmon haqidagi shartnomalardan chiqdi. Agar saylovda Tramp gʻolib chiqsa, uning SNV-3 shartnomasidan chiqish ehtimoli katta, – deydi Bloxin.

Agar demokratlar vakili Jo Bayden gʻolib chiqsa, shartnomani uzaytirishga imkon paydo boʻladi.

"Demokratlar partiyasi, anʼanaga muovfiq ruslar bilan strategik barqarorlik borasida shartnomalar tuzishni istaydi. Eslatib oʻtamiz, aynan Barak Obama maʼmuriyati Medvedev bilan ushbu shartnomani uzaytirgan edi. Kim gʻolib boʻlsa ham bir necha oy ichida yangi shartnoma tuzishning imkoni boʻlmaydi. Shu sababli, hech boʻlmasa mavjud shartnomani yana bir yilga uzaytirishga harkat qilib koʻrish kerak va ushbu yil davomida yangi shartnoma ishlab chiqish kerak. ushbu gʻoya qiziq boʻlishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Maʼlumot uchun, ayni damda SNV-3 AQSH va Rossiyada orasida qurol-aslahani cheklashga va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan yagona shartnomadir. 2021 yil 5 fevralda shartnoma muddati tugaydi va dunyoda yirik yadroviy davlatlarni  cheklab turuvchi boshqa chora qolmaydi.

DSNV-3 2011 yilning 5 fevralida kuchga kirgan edi. Unga koʻra har bir mamlakat oʻz yadroviy arsenalini qisqartirishi belgilangan. Kelishuvga koʻra 7 yil ichida ikki davlatning qurollari umumiy soni 700ta kontinentlararo raketlardan, 1550 ta boyegolovkadan va 800 ta raketa uchiruvchi moslamalardan oshmasligi kerak.

Asosiy mavzular