05:57 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
42201

Medvedevning aytishicha, bu davlatlar oʻz faoliyatini jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar foydalaniladigan uslublardan ayro tarzda, noshaffof olib bormoqdalar.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. AQShning sobiq ittifoq davlatlari hududlaridagi biolaboratoriyalarda olib borayotgan tadqiqot faoliyati jiddiy tashvishni keltirib chiqarmoqda, deb bayonot qildi RF Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev yangi infektsiyalarga qarshi himoya tizimlarini yaratish masalalariga bagʻishlangan idoralararo komissiya yigʻilishi davomida.

"Qator davlatlarning, eng avvalo Qoʻshma Shtatlarning sobiq ittifoq davlatlarida joylashgan biolaboratoriyalardagi tadqiqot faoliyati jiddiy tashvishni keltirib chiqarmoqda. Ular oʻzlarining bu ishini dunyo boʻylab olib borishga harakat qilmoqda", degan Medvedev. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Medvedevning aytishicha, bu davlatlar oʻz faoliyatini jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar foydalaniladigan uslublardan ayro tarzda, noshaffof olib bormoqdalar.

Uning aytishicha, bunday masalalar oldin ham oʻrtaga tashlangan, "lekin ayniqsa bugun tobora koʻproq shakllanmoqda, xususan, insoniyat koronavirus pandemiyasi tufayli roʻbaro boʻlgan barcha holatlarni inobatga olganda".

Sal oldin RF Xavfsizlik kengashi ekspertlari qoʻlbola harakatlar, biolaboratoriyalar ekspertlari ishlari tufayli sunʼiy yaratilgan viruslar epidemiyasi yuzaga kelishi mumkinligi ehtimoli haqida fikr bildirgan edilar.

"COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq hodisalar va ularning oqibatlari biologik xavf yuzaga kelishi ehtimoli borligi haqida dalolat beradi", - degan edi ekspertlar.

Asosiy mavzular