21:54 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
294 0 0

Iqtisodiy fanlar doktori, RF Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirining sobiq oʻrinbosari Leonid Xolod respublikadagi ikkita shakar zavodlari - "Angren shakar" va "Xorazm shakar" yopilishi yuzasidan izoh berdi

Ekspert soʻzlariga koʻra, respublikada shakar kompleksiga aktsiz va bojxona shartlarining oʻzgartirilgani tufayli zavodlarda muammo yuzaga kelgan.

"Oʻzbekiston tabiiy-klimatik sabablarga koʻra, shakar qamish va lavlagi xom-ashyosini chiqara olmaydi". - dedi Leonid Xolod.

Mutaxassisning xabar berishicha, agar respublikada lavlagi xom-ashyosi ishlab chiqariladigan taqdirda ham, u haddan ziyod qimmat boʻladi, chunki lavlagi oʻrta polosa, masalan Ukraina yoki boʻlmasa RFning janubi-gʻarbiy qismida yetishtiraladigan darajadagi shirin boʻlishiga hech qanday kafolat yoʻq.

"Oʻzbek zavodlari, ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda olib kelinadigan xom-ashyoda ishlashlari mumkin. Shakar qamish yoki lavlagidan olinadigan xom-ashyo oʻz narxiga ega", - deya tushuntiradi spiker.

RF qishloq xoʻjaligi sobiq vazir oʻrinbosarining taxminiga koʻra, Oʻzbekistondagi tayyor mahsulot, olib kiriladigan mahsulotga nisbatan, garchi ishlab-chiqarish korxonasi energosamarali, zamonaviy va texnologik jihatdan ham samarali boʻlib turgan bir vaqtda, qimmat boʻlishi holatida muammo xoʻjalik sharoitlarida yashirin boʻlishi mumkin.

"Birja orqali savdo narxning koʻtarilishiga yoki zavodlar xoʻjalik sharoitlari yomonlashishiga olib kelmaydi. Ular atigi ikkita. Birja orqali mahsulotni realizatsiya qilish monopolizm xatarini yoʻq qiladi, albatta, agar ushbu mahsulot xaridorlari oʻz monopsoniyasini yaratishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun kuzatib borilgan taqdirda. Birjadagi tovarda bir-biri bilan raqobatlashuvchi xaridorlari boʻlsa, umuman olganda bu aksincha, qimmatlashtiruvchi emas, balki arzonlashtiruvchi omil sanaladi", - dedi Xolod.

Ekspert fikricha, bu yerda muammo bojxona va aktsiz tartibga solish tizimida yashiringan.

"Ishlab chiqarish hajmini kamaytirib boʻlmaydi, nega deganda bu samaradorlikni pasaytiradi, natijada shakar faqat qimmatlay boshlaydi. Zavod qiymati esa aynan zagruzkada. Umuman olganda, zavodlar hattoki chetdan keltiriladigan xom-ashyodan nisbatan arzon mahsulotni ishlab chiqarishlari kerak. Texnologiyaga kelsak, u qayta sozlanishi mumkin", - deydi spiker.

Leonid Xolodning fikricha, zavod egalari bozor koʻtaradigan xom-ashyoga koʻproq eʼtibor qaratishlari lozim. Davlat esa zavodlar rentabelligini qayta tiklash uchun nima qilish zarurligi borasida oʻylab koʻrishi - korxonalarning ijtimoiy yuki, kelib tushayotgan tovar bilan birga ishlab chiqarish hajmini koʻrib chiqishi kerak, deya xulosa qiladi ekspert.

Toʻliq sharhni Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Leonid Xolod o tom, chto delat Uzbekistanu s saxarnoy promыshlennostyu

Asosiy mavzular