13:19 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
320 0 0

Yaqinda Xitoy OAVlari 2020 yilda Xitoyning eng soʻnggi 9ta uyezdi qashshoq uyezdlar roʻyxatdan chiqarilganini va Xitoy qashshoqlikni yengganini xabar qilgan edi.

Dunyoda eng koʻp sonli aholiga ega boʻlgan ushbu mamlakat bunga qanday erishgani haqida Dmitriy Kosыrev maqolasida tanishing. 

Maʼlum boʻlishicha yil boshida qashshoq uyezdlar soni 832ta boʻlgan. Ularning aksariyati  Sintszyan, Sыchuan va boshqa provintsiyalarda joylashgan. Ushbu maʼlumotlarni BMT oziq-ovqat dasturi eksperti doktor Mattias Xoluort ham tasdiqlamoqda. Uning aytishiga koʻra, soʻnggi yilda dunyoda yengilgan qashshoqlining 70 % Xitoyga toʻgʻri keladi. Jami hisobda Pekin 700 mingdan ortiq kishilarni qashshoqlikdan chiqargan.

Xitoycha qashshoqlik oʻzi nima?  

Xitoy iqtisodchilari raqamlari miqyosida bu shunday koʻrinishga ega – yiliga 11487 yuandan (1740 $) kam daromad olgan kishi qashshoq hisoblanadi. Bundan koʻproq daromad oladiganlar esa – oddiy kambagʻallar hisoblanadi.  Endi Xitoy qashshoqlik bilan emas – kambagʻallik bilan kurashadi.

Kimgadir bu raqam juda kam koʻrinishi mumkin, lekin xitoylik mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat va isteʼmol mollari, turar joy xarajatlari va boshqalardan kelib chiqqan holda qashshoq boʻlmaslik uchun qancha daromad olish kerakligini hisoblab chiqishgan.

Foreign Affairs yozishiga koʻra, AQSH ekspertlari boʻlsa, “Xitoy oldida qiladigan ishlari hali koʻp” deb hisoblashmoqda. Albatta ularning gapida ham jon bor. Rivojlangan davlat miqyosida bu raqamlar juda kam koʻrinadi.

Lekin, Xitoy tajribasiga diqqat bilan nazar solganda qiziq va namunali manzaralar guvohi boʻlish mumkin. Albatta ushbu uslublarning ayrimlari faqat Xitoyga xos boʻlishi mumkin.

Xitoy tajribasi 

Xitoy xaritasiga diqqat bilan nazar solganda eng kambagʻal viloyatlar yirik sanoat va biznes markazlaridan uzoq boʻlgan, togʻli va yetib borish qiyn boʻlgan hududlarda joylashganini koʻrish mumkin. Ushbu hududlarda kambagʻallikni yengishning eng samarali chorasi, bu u yerga yoʻl qurish boʻlgan.

Undan tashqari resurslardan samarali foydalanish uslublari oʻylab topilgan. Masalan “guruch – baliq” uslubi. Yaʼni guruch ekishda foydalanish rejalashtirilgan suv havzalarida dastlab baliq chavoqlari yetishtirilgan.

Uchinchidan, Xitoyda muammoni oʻz nomi bilan atash oʻrinli deb topilgan. Masalan, qashshoq oila uchun qurib berilgan uyda “qashshoq xoʻjalik” degan yozuv boʻlgan. Bu ularni kamsitish maqsadida emas, balkim ularga koʻrsatilgan yordam, qashshoqlikni yengishda qoʻllanilayotgan uslublar samaradorligini oʻrganish maqsadida qilingan. Ana shunday xoʻjaliklar yaxshi rivojlanib ketganda, qoʻshnilar kelib uning ish uslubini oʻrgangan.

Umumiy qilib aytganda bugun biz Xitoy hukumatining nafaqat soʻnggi 40 yillik harakatlar strategiyasi natijasini, balkim xitoy xalqining 1000 yillik tarbiyasi, jamiyatda yakkxonlikni targʻib qilish emas, balkim muammolarni birgalikda yengish falsafasi natijasini koʻrmoqdamiz.

Oldin Xitoyda vaziyat boshqacha edi. Mao Dze Dun davrida daromad barchaga teng boʻlinar edi, hamma bir xil – kambagʻal yashardi. Hozir boʻlsa – u yerda yordam oʻrniga, kishilarga oʻzlari koʻproq daromad olishlari uchun imkon yaratilmoqda.

AQSH falsafasi

Yaqinda amerikalik jurnalistlardan biri Jenet Deyli  Xillari Klintonning mashhur tsitatalaridan birini esga olgandi. Klinton “Amerikaning aksariyat aholisini— basket of deplorables, yaʼni bir toʻplam axlat”, deb atagan edi. Oʻshanda uning ushbu soʻzlari davlatdan yordam puli va turli nafaqa oladiganlarni umuman aholining kambagʻal qismini xafa qilgan edi. Ular orasida ham demokrat ham respublikachi boʻlgan. Bayden ushbu xatoni takrorlamaslik uchun juda ehtiyotkor harakat qildi.

Umuman amerikada aholi falsafasi shunday: u yerda barcha oʻz hayotini kambagʻallikda boshlaydi, keyin yaxshi ishlasa – boy boʻladi. Agar biror kishi kambagʻal boʻlsa – demak ayb oʻzida. Ularga davlat yordam berib turadi, ayniqsa saylovlar oldida ana shunday qatlamga munosabatlar faollashadi. Chunki nomzodlarga ovoz kerak.

Angliyada ham sanoati eskirib qolgan shaharlar, eskin konlar – kerak boʻlmay qolganda butunlay unutib yuborilgan edi. Hech kim u yerda ishsiz qolgan fuqarlarga yordam berishni oʻylamagan edi.

Jurnalist  Jenet Deyli aholining kambagʻal qismini unutib qoʻymaslik, muammolariga jiddiy qarash kerak deb hisoblaydi.

Asosiy mavzular