10:03 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
65201

Oʻz xotiralarida sal keyinchalik katta-Bush Yeltsin unga Belovej pushchasidagi ov-uyidan qoʻngʻiroq qilib: "Gorbachev hali bu natijalarni bilmaydi... Hurmatli Jorj... bu nihoyatda muhim, favqulodda muhim"... deb aytgani haqida yozgan

Muallif Vladimir Bыchkov, Sputnik radiosi

1991 yilning sakkizinchi dekabrida Belovej pushchasida Rossiya prezidenti Boris Yeltsin, Ukraina prezidenti Leonid Kravchuk va Belarus Oliy kengashi raisi Stanislav Shushkevich MDH tashkil topishi va SSSR tugatilishi haqida Belovej kelishuvini imzolashgan edi.

Yeltsinning eng yaqin sherigi Mixail Poltoranin bizning davrimizda kelib bergan intervyularidan birida, Yeltsin Belovej kelishuvida qanday rol oʻynagani haqidagi savolga shunday degan edi: "Yeltsin hal qiluvchi rolni oʻynagan edi. U hech narsaga achinmagan. Unga farqi yoʻq edi... U uchun muhimi, hukumatda boʻlish edi. U щz navbatida barcha narsaga befarq boʻlgan Gorbachyov bilan birikkan va ular oʻzaro kurashni "ifodalashar" edi, xolos. Aslida esa oʻrtada hech qanday kurash boʻlmagan! Ular tom maʼnoda oqshomlari oʻzaro til biriktirishardi".

Oʻz navbatida, Gorbachyov Ittifoq pozitsiyalarini xalqaro darajada tushirib borgan. 1989 yilning 3 dekabrida Maltadagi uchrashuvi vaqtida ular prezident katta-Jorj Bush bilan birgalikda SSSR va AQSH boshqa raqib emasliklari haqida bayonot qilishgan. Ushbu kun tarixga "sovuq urush" rasman yakun topgan kun sifatida kirdi. Ammo hozirgi siyosatshunoslarning aksariyati ushbu uchrashuv natijalarini "siyosiy Chernobil", deya atashgan edi.

Katta-Bush 1985 yilda Gorbachyov bilan endi tanishgan vaqtida: "Bizning vazifamiz unga yordam berish emas, balki AQSH manfaatlarida shunday harakat qilaylik-ki, toki bu uning siyosati bizga kerakli yoʻnalishda borishiga taʼsir qilsin", degan edi. Genri Kissinjer esa Sharqiy Yevropani SSSRsiz Gʻarbiy Yevropa bilan birlashtirish yoʻlidan borishni taklif qildi.

Shu bilan birga, Gorbachyovga Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi oʻzgarishlarni Sovet Ittifoqining xavfsizlik manfaatlariga ziyon yetkazmaslik uchun vaʼda berildi.

Maltadagi uchrashuv oldidan prezident administratsiyasi rahbari Jon Sunun ochiqchasiga: "Biz [Gorbachyovga] qattiq zarba beramiz ... u yerda chirpirak boʻlib aylanadi", degan edi. Kichik-Bush ham: "Toʻgʻri. Biz ular ustiga buzgʻunchilar toʻdasi singari agʻanaymiz", - deya oʻz fikrini loʻnda ifodalab qoʻya qoldi.

Amerikaliklar sovet rahbarining oʻziga ishonchsizligini tushunib turishardi.

Shu sababli, Maltadan soʻng koʻp oʻtmay, davlat kotibi Jeyms Beyker Moskvada Gorbachyov bilan boʻlgan uchrashuvda: "AQSH "neytral emas, balki NATO aʼzosi sifatida birlashgan Germaniya" tarafdori ekanligi haqida gapira boshladi. Shu bilan birga, Beyker, NATOning yurisdiksiyasi Sharqqa nisbatan "hozirgi pozitsiyaga qaraganda bir dyuym ham uzoqlashmasligini" aytib, ishontirdi.

Siyosatshunoslarning fikricha, Gorbachev oʻshanda yon berishlar evaziga gʻarbdan moliyaviy yordam olaman, deb oʻylagan. Ammo 1991 yilning iyulida "Katta yettilik" sammitida Londonda katta-Bush ushbu orzularni chilparchin qilgan.

Yaʼni bu masalada oydinlik yoʻqligini aytgan. Xotiralarga koʻra, Gorbachyov Londonni oʻta choʻkkan bir holatda tark etgan. AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Brent Skoukroft vaziyatni shunday sharhlagan edi: "Gorbachyov uning fikricha, unga tegishli narsani olib ketish uchun kelgan edi... U goʻyoki muammoning jiddiyligini tushunmayotgandek". Bunga javoban katta-Bush: "Yigitcha, aftidan, oʻta sindirilgan koʻrinadi, shunday emasmi?", degan.

Ammo Belovej kelishuviga qaytsak. Poltoraninning soʻzlariga koʻra, "prezidentlik gʻoyasini Yeltsin 1989 yilda Amerikadan olib kelgan. AQShda bizning siyosatchilarimiz bilan katta ish olib borilar edi. Yeltsin esa tashqi taʼsirlarga haddan beriluvchan edi".

KGB raisi Vladimir Kryuchkov 1991 yil iyun oyida SSSR Oliy Kengashi yopiq yigʻilishida mamlakatda kamida 2200 ta dushman taʼsir agentlari ishlashayotganini xabar qildi. SSSRni qulatish boʻyicha ishlar chet elda joylashgan qudratli kuchlar tomonidan amalga oshirildi. Buni katta-Jorj Bush ochiqchasiga shunday izohlagan edi: "SSSR ustidan, boz ustiga, uning ichki muxolifati qoʻllari bilan qoʻlga kiritilgan eng katta gʻalaba"...

Yeltsin oʻzining "Prezident xotiralari" kitobida SSSRning "Belovej dafn marosimi" paytidagi oʻz his-tuygʻularini quyidagicha tasvirlaydi: "Toʻsatdan qandaydir erkinlik, yengillik hissi paydo boʻldi... Men yuragim bilan his qildim: katta qarorlarni osonlikcha qabul qilish kerak..." Bu oson qaror katta ziyofat bilan nishonlandi. Kichik-Bush oʻz xotiralarida Yeltsin uni toʻgʻridan-toʻgʻri Belovejskaya Pushchadagi ov uyidan qoʻngʻiroq qilib: "Gorbachyov hali bu natijalardan bexabar... Hurmatli Jorj... bu oʻta muhim, favqulodda muhim. Oramizda allaqachon shakllangan anʼanani hisobga olgan holda, Sizga qoʻngʻiroq qilmaslik uchun yana oʻn daqiqa ham kutib turolmadim", - deganini yozgan.

Men sening asriy qaygʻuingni tushunaman
Belovej pushchasi, Belovej pushchasi...

Asosiy mavzular