18:58 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
91810

Chelyabinsk yaqinidagi poligonlardan birida BMPT “Terminator” tanklari va jangovar mashinalarining birinchi qoʻshma mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Andrey Kots. Qurollangan, himoyalangan va universallar – Chelyabinsk yaqinidagi poligonlardan birida BMPT (tanklarga madadkor jangovar mashina) “Terminator” tanklari va jangovar mashinalarining birinchi qoʻshma mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Ular oʻzlarining salobatli qudratini namoyish etishdi. Bu texnikaning xususiyatlari haqida – RIA Novosti materialida.

Mudofaa vazirligi namoyish etgan videoda “Terminatorlar” asosiy zanjirning biroz ortida, ogʻir zirhli mashinalar oʻrtasidagi oraliqda bormoqda. Tanklar 125 millimetrli quroldan oʻt ochib turgan bir paytda BMPT ekipaji jang maydoni diqqat bilan koʻzdan kechirmoqda. Askar “dushmanni” koʻrishi bilanoq  qoʻsh qavat 30 millimetrli toʻpdan oʻt ochadi. “Terminatorlarning” asosiy vazifasi ham shunda: tanklarni granatomyotlar bilan qurollangan piyodalar va tank hujumiga qarshi raketa majmuasidan (PTRK) qoʻriqlab pana qilish.

BMPTni ishlab chiqish ishlariga 1980 yillardayoq kirishilgan edi, ammo loyihaga birinchi  chechen kampaniyasidan soʻng jiddiy ahamiyat berilgan. 1995 yil yanvarida Grozniyning shturm qilishini tanklar piyodalar bilan toʻqnashuvda oʻta zaifligini koʻrsatdi. Binolarning yuqori qavatlarida yashirinib yotgan jangarilar federal kuchlarning zirhli texnikasini granatomyotlar bilan osonlik bilan yoʻq qilishardi. Shahar janglari uchun katta burchakli vertikal moʻljalga oladigan jangovar zirhli mashina lozimligi ayon boʻldi.

Suriyadagi chiniqtirish

BMPTning birinchi prototipi “Obʼyekt 199 “Ramka” belgisi ostida 2001 yilda paydo boʻldi. Bu mashinaning taqdiri oddiy emas. Mudofaa vazirligi uzoq yillar davomida turli sabablarga koʻra – asosan moliyaviy – uni qurollanishga qabul qilishdan bosh tortib keldi.

BMPTning bitta rotasini tuzish rejalashtirilgan edi, ammo qoʻshinlar bu texnika ega boʻlmadi. Qoʻmondonlik yangi mashinalar xarid qilishdan hamda bu loyiha boʻyicha eskirgan tanklarni oʻzgartirishdan bosh kechishini maʼlum qildi. 10 ta BMPT Qozogʻistonga sotildi.

Shunga qaramasdan “Terminatorlar” turli xalqaro qurol koʻrgazmalarida muntazam namoyish qilib kelingan. 2017 yil yozida bir necha BMPT Suriyaga joʻnatildi. Harbiylar “Terminatordan” mamnun boʻlishdi. BMPTlardan ID* jangarilariga qarshi hujumlarda faol qoʻllanilgani xabar qilindi.

Mudofaa vazirligi “Terminatorlarni” qurollanishga olishga qaror qildi. 2018 yilda yangi mashinalar hatto Qizil maydondagi Gʻalaba paradida ishtirok etdi. Tez orada texnika harbiy qismlarga, xususan, 90-gvardiya tank diviziyaga olib kelindi. Keyingi xarid toʻgʻrisidagi qaror tajribaviy va jangovar foydalanish yakuniga koʻra qabul qilinadi.

Universal askar

“Terminator” T-72 jangovar tank negizi asosida qurilgan. BMPT tankka qarshi piyodalarga bardoshli deb hisoblanadi. Ekipaj besh kishidan iborat. Bu, birinchi navbatda, “Terminator” tom maʼnoda tish-tirnogʻicha qurollangani bilan bogʻliq. BMPT bu oʻziga xos “quruqlikdagi esminets”.

Asosiy qurol qoʻshaloq 30 millimetrli avtomatik toʻp 2A42 900 dona oʻqlari bilan. Quroldan tashqari bashnyasida ikkita zirhli qoplamalar bor. Har birida ikkitadan transport-qidiruv konteynerlari bor. Ular “Ataka” 9M120-1 tank hujumiga qarshi raketalar bilan boshqariladi. Korpusining oldi qismida ikkita AG-17D avtomatik granatomyotlar majud. Ular piyodalarga qarata parchalanadigan oʻq-dorilar yordamida oʻt ochishga xizmat qiladi.

Ekipaj bu qurol-yarogʻlardan “Ramka” zamonaviy oʻtni boshqarish avtomatik tizim tufayli samarali foydalanadi. Moʻljalga oluvchining nishoni tunu kun ishlash uchun barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan.

Loyiha kelajagi

BMPTning birinchi variantlarini ekspertlar tez-tez tanqid qilashardi. Asosiy kamchiliklardan biri sifatida “Terminatorning” xira “koʻrishi” koʻrsatilardi. Yangi mashinalar jang maydonida ogʻir zirhli mashinaga qaraganda koʻproq narsani koʻra olishi moʻljallanardi. Ammo kuzatish vositalari va nishonga olish majmualari oldingi BMTP va asosiy jangovar tanklarda mutlaqo bir xil edi. Buning ustiga koʻpchilik “Terminatorlar” jang maydonida zirhli texnikaning asosiy himoyachisi sifatida piyodalar oʻrnini toʻliq egallashiga shubha qilardi. Ammo BMPTning zamonaviy versiyalari koʻzlari “yanada oʻtkirlashdi”.

Mudofaa vazirligi kadrlariga qaraganda, harbiylar birinchi “Terminatorni” afzal bilishgan. 2013 yilda taqdim etilgan ikkinchi variant qamroq qurollangan. Undan avtomatik granatomyotlar olib tashlangan va ekipaj aʼzolari uch kishigacha qisqartirilgan. Rossiyalik buyurtmachida bu modernizatsiya qiziqish uygʻotmadi, lekin Aljirda xaridorlar topildi. U yerda 300 dona “Terminator-2” BMTPga buyurtma berishdi.

“Terminator-3” qachon paydo boʻlishi hozircha nomaʼlum. 2016 yilda “Uralvagonzavod” bosh direktori Oleg Siyenko RIA Novostiga korporatsiya eng yangi “Armata” platformasi negizida yangi mashinalar, jumladan, havo hujumiga qarshi, ogʻir zirhli texnikani rivojlantirish koptseptsiyasini ishlab chiqqanini maʼlum qilgandi. Ular qatoriga BMPT ham kiradi. Boʻljak mashina haqida hozircha maʼlumotlar oz. Lekin 30 millimetrli toʻp oʻrniga yanada kuchliroq 57 millimetrli qurol oʻrnatilishi haqida ham xabar qilingan edi.

* "Islom davlati" - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular