Kuni kecha AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo "soʻnggi bir yil ichida erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, Oʻzbekiston diniy erkinlik boʻyicha "Maxsus kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati" (Special Watch List)dan chiqarilgani" eʼlon qilgan edi.
Ekspert taʼkidiga koʻra, hammasi ravshan. Shunchaki, amerika maʼmuriyati Oʻzbekistonga tilyogʻlamalik qilmoqda, bundan koʻzlangan maqsad esa iqtisodiy islohotlar jarayonida oʻzining siyosiy kun tartibini "oʻtkazib olish". Yaʼni AQSH bunda siyosiy tizimning liberallashuvini koʻzlamoqda.
Grozinning soʻzlariga koʻra, AQShda Oʻzbekiston yangi rahbar boshqaruvida amerika taʼsiri kengayishi uchun istiqbolli, degan ritorika yangramoqda. Bu borib turgan pragmatizm, boshqa hech vaqomas, deydi ekspert.