07:22 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Kolumnistlar
Havola olish
139401

Jahon tarixda har bir davlat rahbari ham noqulay vaziyatda "yuzini yoʻqotmaslikning" uddasidan chiqa olmagan, lekin davlatning xalqaro maydondagi obroʻsi rahbarning vazminligiga ham bogʻliqligini unutmaslik kerak.

"Hech qachon "Hech qachon" dema" - Gazprom, oʻzining rasmiy vakili orqali, AQSH Energetika vaziri Den Bruyettning Rossiyaning zarur texnologiyalar yoʻqligi sababli Shimoliy Oqim-2 qurilishini oxiriga yetkaza olmasligiga ishonch bildirgan bayonotiga aynan shunday tarzda munosabat bildirdi.

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi obroʻsi juda qiziqarli oʻzgarishlarni boshidan kechirmoqda.

Printsipial jihatdan, tez orada qulashga intilayotgan Rossiya haqidagi yondashuv dolzarbligicha qolmoqda. Amerika vazirining izohi aynan shu tanish paradigmadan kelib chiqadi. Toʻgʻri, u yanayam ishonchli koʻrinmoqda va har kuni izdoshlarini yoʻqotmoqda.

Oʻrniga har qanday vaziyatni oʻz foydasiga hal qilishga qodir va eng ogʻriqli muvaffaqiyatsizlikni gʻalabaga aylantiradigan gʻayritabiiy omadli Rossiya haqidagi tobora kuchayib borayotgan nufuzli va mashhur gʻoya kelmoqda. Ichki muvaffaqiyatni oddiygina omadga  bogʻlash oson bshlgan, va oʻzlari tomonidan hatolarni va Moskvaning strategik hisob-kitoblarga, uslubiy ishlarga sodiqlikligini, tashqi harakatlarimizda oyogʻimizga bolta urishlariga sinchkov mehnatimiz va shijoatimizni tan olmaydigan qasamli hamkorlarimizni tushunish mumkin.

Rossiyadagi vaziyatni anglashda yana bir jihat qiziqroq koʻrinadi: biz davlatimiz tomonidan koʻrsatiladigan yana bir fazilatni, yaʼni noqulay rivojlanish holatida "yuzimizni yoʻqotmaslik" qobiliyatini aniq qadrlamaymiz.

Bu juda gʻalati, chunki gap siyosat asoslari haqida ketmoqda va har qanday darajada - mahalliydan globalgacha. Hafsalangiz pir boʻlib va qanchalik kuchli zarba olishingizdan qatʼi nazar, vazminlik, gapirilayotgan soʻzlarni toʻgʻri va ehtiyotkorlik bilan tanlash majburiydir, chunki nazoratsiz hissiyotlarning ommaviy ochilishi zaiflikni ochib beradi va sizga qarshi qoʻshimcha kuzrlarni beradi.

Ammo bizning davrimizda jahon siyosatining ushbu asosiy qoidasiga Moskvaning amal qilishi deyarli noyob fenomen deb hisoblash mumkin.

Toʻrt yil oldin, hozirgi Idlib atrofidagi kabi Turkiya va Rossiya oʻrtasidagi keskinlashuv, barcha ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida boʻlib va mamlakatlar oʻrtasidagi keng koʻlamli harbiy mojaroning tahlikalari haqida koʻplab xavotirli va vahimali bashoratlar bilan birga boʻlar edi. Endi sodir boʻlayotgan narsalarga qiziqish ochiqchasiga sust.

Bularning barchasi,Turkiya prezidenti oʻzining imkoniyatlaridan mohirona foydalanadigan milliy lider sifatida oʻzini obroʻ-eʼtiborini qozondi, ammo kutilmaganda chaqiriqlarga, vaziyat oʻzi hohlamaganday tus olganda uncha dosh berolmaydigan. Erdoʻgʻan nihoyatda tajovuzkorona asabiy mulohazalari bilan sapchib gapira boshladi, oqilona harakatlari bilan vaziyatni oʻzining foydasiga yumshatish yoki hech boʻlmasa zararni kamaytirish qobiliyatida yaqqol muammolar bor.

Shunga oʻxshash vaziyat hozir Belarus tomonida ham kuzatilmoqda. Soʻnggi bir necha oy ichida Aleksandr Lukashenko oʻz mamlakati uchun maksimal darajada foyda olishga intiladigan tajribali va dono davlat arbobining obroʻsini sezilarli darajada yoʻqotdi. Toʻsatdan, Rossiya bilan munosabatlarning odatiy yoʻlida toʻsiqlar paydo boʻlganda, tajriba va donolik hissiy vazminsizlik ortida qolmoqda, bu esa oʻz navbatida oʻz-oʻzini boshqarish qobiliyatini yoʻqotishga, holsizlikka va vaziyatni yengishga qodir emasligiga olib keladi.

Turkiya, Belorusiya va rahbarlari qiyin vaziyatlarga duch kelganda shunday xatti-harakatlarni namoyish etadigan boshqa davlatlar muammosi aynan shunda.

Dunyo haqiqatan ham oʻtish davridadir. Koʻp davlatlar uchun xalqaro maydondagi mavqei va taʼsiri darajasini oʻzgartirish uchun imkoniyatlar ochildi. Turkiya yoki Polsha uchun (yashirishni hojati yoʻq - Rossiya uchun ham) - bu uzoq kutilgan yirik mamlakat ehtiroslarini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyatdir. Ammo bu maqsadga erishish uchun qoʻllaridagi kartalarni - siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqalarni oqilona oʻynash kerak.

Ammo amaldorlarning ommaviy hissiy portillashlari va "oxirgi Xitoy ogohlantirishi" formatidagi quruq tahdidlar mamlakat uchun mutlaqo teskari va juda uzoq muddatli taʼsir koʻrsatadi.

Besh yil davomida Rossiya koʻplab urinishlarga qulash bilan tahdid qilgan koʻplab muammolarga duch keldi. Ammo, juda koʻp boʻlgan eng keskin va ogʻir daqiqalarda ham Moskva muttasil va sovuqqonlik bilan oʻziga ishonchni namoyish qildi. Endi davlat rahbariyati haqiqatan ham bu ishonchni his qilganmi yoki, shunchaki tahlika va xavotirlik hissini ommaga namoyish qilish mumkin emasligini bilib "yuzini yoʻqotmasdan" turganmi, taxmin qilish qoladi.

Qanday boʻlmasin, natijalar maʼlum. Qrim koʻprigi qurildi (energiya koʻprigi va yarimorol uchun muhim boʻlgan boshqa infratuzilma obʼyektlari kabi). Qishloq xoʻjaligida import oʻrnini bosish mamlakatni jahon bozorida yetakchi oʻyinchiga aylantirdi. Suriyadagi harbiy operatsiya gʻalaba olib keldi va shu bilan birga mamlakatning Yaqin Sharqda sifat jihatidan boshqacha rolga oʻynashiga olib keldi. Avvalgi va hozirgi paytlardagi milliy yutuqlar roʻyxatini juda uzoq vaqt davom ettirish mumkin.

Shu sababli, Gazprom "hech qachon "hech qachon dema" loyihasi muvaffaqiyatsizlikni yashirishga urinish sifatida emas, balki muqarrar muammolarga odatiy ruscha yondashuv sifatida qabul qilinmoqda: ularni balandparvoz soʻzlarsiz va qoʻrqinchli boʻlmasada quruq vaʼdalarsiz hal qilish kerak.

Natijada, AQShning yuqori lavozimli amaldorlarining barcha bayonotlariga qaramay, Gʻarbda Shimoliy Oqim-2 tugallanib, foydalanishga topshirilishiga deyarli hech kim shubha qilmaydi. Rossiya vaʼdasini ustidan chiqishini isbotladi.

Turkiya (va nafaqat u) oʻzi haqida xuddi shunday deya olmaydi.

Asosiy mavzular