16:53 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Kolumnistlar
Havola olish
94510

Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi arafasida Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

17 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilish tartibi belgilandi. Hukumat tomonidan qabul qilingan “Umimiy oʻrta taʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishi boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori davlatning yosh avlod toʻgʻrisida tizimli va rejali gʻamxoʻrligidan dalolat beradi.

Avvalroq, Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan edi: “Armiya moddiy tomondan barcha eng zamonaviy va zarur narsalar bilan taʼminlangan boʻlishi mumkin, ammo zaif axloqiy tarkibiy qism, jangovar ruh, sadoqat, vatanga muhabbat hissi yoʻqligi, uning taqdiri uchun javobgarlik, befarqlik qaytarib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin”.

Respublikaning 56 ta maktabidagi harbiy-vatanparvarlik sinflariga olti sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan va ilgʻor fanlar boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyish etgan oʻgʻil-qizlar tanlov asosida kirishi mumkin. Kelgusi oʻquv yilidan boshlab hujjatlarni qabul qilish 1 iyuldan 20 iyulgacha amalga oshiriladi. Hukumat tomonidan harbiy-vatanparvarlik sinflariga kirish uchun belgilangan “chegarasi” juda yuqori - jismoniy tayyorgarlik sinovida 100 balldan 70 ball (21 iyun - 5 avgust). Shundan keyingina - fanlar boʻyicha testlar (15-25 avgust).

Ustuvorliklar toʻgʻri belgilangan, chunki umumtaʼlim maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar umumtaʼlim fanlarni oʻzlashtirishga rivojlantirishga xalaqit bermasdan vatanparvarlik tarbiyani taʼminlashi va harbiy tayyorgarlik asoslarini taʼminlashi kerak. Oʻquv dasturi murakkablashmoqda, maktabda chiroyli harbiy formani kiyishni istaganlarning hammasi ham buni oʻzlashtira olmaydi. Eng muhimi, qiyinchiliklarni yengishga jismoniy va ruhiy tayyorlik - harbiy xizmatning asosidir.

Maxsus harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi muddati besh yil boʻlib, 7 sinfdan 11 sinfgacha davom etadi. Bu balogʻat hayotni boshlash uchun yaxshi tayyorgarlikdir. Shubhasiz, davlat ham bundan manfaat topadi - yaqin kelajakda Oʻzbekiston armiyasi munosib yosh tarkibga ega boʻladi.

Toʻgʻri yoʻl sari

Respublika rahbariyati harbiy taʼlim sohasidagi ilgʻor tendentsiyalarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Oʻrta maktabda ixtisoslashtirilgan oʻqitishning rivojlanishi oʻgʻil va qizlarga yashash tarzida yaxshiroq yoʻl tutishga, kasbni ertaroq ongli ravishda tanlash va bu yoʻlda yanada koʻproq mavaffaqqiyat qozonish imkoniyatini beradi.

Xizmatga maqbul boʻlish uchun bir qator fazilatlarga ega boʻlish kerak. Koʻpincha tajriba vaqt oʻtishi bilan oshib boradi, ammo 7-sinfga kelib, maktab oʻquvchilarida xarakterning asoslari, psixologik barqarorlik va jismoniy chidamlilik hususiyatlari shakllanib boʻladi. Harbiy-vatanparvarlik sinfi shaxsiy intizom, kuchli iroda va mehnatsevarlikni rivojlantirishga yordam beradi, bu oʻz yoʻlida, kelajakda harbiy kundalik hayotning qiyinchiliklari va mahrumliklariga dosh berishni osonlashtiradi. Umumtaʼlim fanlari bekor qilinmaydi, balki ularga bir qator maxsus fanlar qoʻshiladi – saflanib yurish va oʻq otish qurolini oʻzlashtirishdan tortib, to radio ishi va harbiy texnikani oʻzlashtirishgacha.

Hatto oʻrta maktabdagi besh yillik ixtisoslashtirilgan kursdan soʻng fuqarolik kasbini tanlagan yoshlar uchun ham foydasi shubhasiz. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi - bu butun hayotga yaxshi oʻzakdir.

Maktab oʻquvchilari uchun fanga yoʻnaltirishning ahamiyatini tushungan holda, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda “Yoshlarni vatanparvarlik va jismoniy tarbiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va chaqiriluvchilarning harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Armiyada xizmatga qabul qilinayotgan zamonaviy harbiy texnika darajasi chaqiriluvchi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni talab qiladi. 2019 yildan boshlab Moliya vazirligi ushbu strategiyani amalga oshirish uchun davlat byudjetida mablagʻlarni hisobga olgan.

Mamlakatda ommaviy harbiy-sport tadbirlarining maʼlum tajribasi mavjud. Hususan, yaqinda Namanganda 2000ga yaqin harbiy va chaqiriluvchilarni birlashtirgan harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi. Avvalroq Toshkentda Qurolli Kuchlar faxriylari, amaldagi harbiy xizmatchilar va oʻquv yurtlari talabalari ishtirokida besh kilometrdan koʻproq masofaga “uch avlod poygasi” boʻlib oʻtdi.

Rossiya amaliyoti

Rossiya Federatsiyasining tajribasidan ham foydalanish mumkin, bu yerda Naximov maktabining va bir qator Suvorov maktablarining pozitsiyalari anʼanaviy ravishda kuchli. Naximovchilar va suvorovchilar Mudofaa vazirligining talabalari (darslarni amaldagi harbiy xizmatchilar oʻtadi), ammo Rossiya Federatsiyasining barcha subʼyektlarida "fuqarolik" harbiy-vatanparvarlik taʼlim markazlari tashkil etilgan va oʻnlab yillar davomida oʻrta maktablarda minglab harbiy-vatanparvarlik sinflari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Qoida tariqasida ular Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining eng yaqin harbiy qismlari yoki harbiy maktablari bilan tashkiliy va uslubiy jihatdan bogʻlangan, aniq ixtisoslarga (fizika, matematika va jismoniy tarbiya) eʼtibor qaratilgan holda, qatʼiy ixtisoslikka ega (yosh dengizchilar, chegarachilar, uchuvchilar va boshqalar).

Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Rossiyada 700 mingdan ortiq bolalar va oʻspirinlarni birlashtiruvchi "Yunarmiya" (Yosh armiya- tahr.) harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etilgan boʻlib, ularning har biriga qiziqarli voqealarning keng ufqi, texnikalarni va sportni oʻrganishi uchun keng imkoniyatlar ochib berilgan.

Koʻpchilik bolalar uchun harbiy-vatanparvarlik harakati muhim qoʻllanma boʻlib qoladi. Chaqiriluvchilarga qurolli kuchlar turini tanlashda yordam berish va harbiy-vatanparvarlik tarbiya toʻgʻrisidagi qonun 2018 yilda Rossiya Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan. Yangi avlodni tarbiyalash va oʻqitishning davlat tizimi shu tarzda alohida qismlardan tashkil topmoqda.

Asosiy mavzular