04:15 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Kolumnistlar
Havola olish
113120

Napoleon Bonapart qurol kuchi bilan erisholmagan narsaga, Emmanuel Makron diplomatiya va siyosiy shantaj orqali erishdi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

Napoleon Bonapart qurol kuchi bilan erisholmagan narsaga, Emmanuel Makron diplomatiya va siyosiy shantaj orqali erishdi: endi Yevroittifoq pullarini Parij boshqaradi, nemis soliq toʻlovchilari esa frantsuz qarzlarini va ijtimoiy dasturlarini toʻlaydilar. Emmanuelī Makronning "koronabond"lar masalasida Angela Merkelī ustidan gʻalaba qozonishi Germaniya va hozircha hech boʻlmasa tuzikroq byudjet siyosatini saqlab qolgan Yevropaning ozchilik mamlakatlari uchun Birinchi Jahon urushi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Frantsiya bayrogʻi Brandenburg darvozasi ustidan hilpirab turmagan boʻlsa-da, Germaniya haqiqatan ham Frantsiya va uning ittifoqchilariga shunday tovon pullarini toʻlaydiki, vaziyat haqiqiy urushdagi magʻlubiyatga oʻxshatadi. Biroq, Yevropalik siyosatchilarga hurmat bajo keltirish kerak: omma oldida hammasi tekkis va olijanob koʻrinadi. Koronavirusga qarshi kurash bahonasida, Angela Merkelī (koʻp yillik qattiq qarshiliklardan keyin) "koronabond" deb nomlangan - qarz majburiyatlarini chiqarishga rozi boʻldi, bu majburiyatlarni umuman Yevropa Ittifoqi (aslida Germaniya va iqtisodiyoti barqarorroq boʻlgan boshqa davlatlar) oʻz zimmasiga oladi, lekin mablagʻlarni Frantsiya, Italiya, Ispaniya va boyudjet intizomi boʻyicha oʻziga hos tasavvurlarga ega boshqa davlatlar sarflashadi. "Koronabond"ning birinchi transhi hajmi 500 milliard yevroni tashkil etadi. VVS taʼkidlaganidek, "Frantsiya prezidenti Emmanuelī Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkelī mablagʻlar grant shaklida taqdim qilinishi haqida kelishib oldilar".

Byurokratik atamalarni bejiz iqtisodiy amaliyotga tarjima qiladigan boʻlsak, bu quyidagicha oʻqiladi: nemislar, gollandlar, shvedlar va avstriyaliklar qarz olib, bu qarzlarni oʻzlari toʻlaydilar, pullar esa "temir Angela"ning qarshiligini muvaffaqiyatli sindirgan "Yevropa janubi" mamlakatlariga begʻaraz yordam sifatida ketadi, ehtimol aynan bu pulni taqdim qilinmasligi (va begʻaraz!) Yevrozonasi yoʻq boʻlib ketishi xavfi bilan Merkelni rozi boʻlishga majburlanganligi ehtimoldan holi emas. Germaniya kantsleri taslim boʻlganidan keyinla ushbu 500 milliard yevro "yevro zonasi birlashishi uchun kerak " boʻlgan oʻziga xos qadam (ehtimol birinchi qadam) deb Emmanuel Makron eʼlon qilganida aynan shu tahdidga ishora qilganini istisno qilib boʻlmaydi.

Nazariy jihatdan qarz Yevropa Ittifoqining qoʻshma byudjeti tomonidan toʻlanadi. Ammo muammo shundaki, birinchidan, bu byudjetni Yevropa Ittifoqi davlatlarining oʻzlari toʻldiradilar, shu bilan birga ular teng nisbatda toʻldirilmaydi, ikkinchidan, agar koronavirus bahonasida Makron va uning ittifoqchilari ilgari bardoshli Merkelni umumevropa qarz majburiyatlarini chiqarish kabi bu qadar nozik masalada "yengishga" muvaffaq boʻlishgan boʻlsa, unda Frantsiya, Italiya, Ispaniya va "Yevropa janubi"ning boshqa davlatlarini ushbu byudjetga kamroq haq toʻlashi, Germaniya, Avstriya, Daniya, Gollandiya esa - ancha koʻproq toʻlashiga undashi bamisoli elementar siyosiy operatsiya.

Nemis biznesi, siyosatchilari va elektoratning muhim qismi uchun printsipial masalada taslim boʻlganidan keyin paydo boʻladigan ulkan janjalni oldini olib, Germaniya kantsleri darhol Frantsiya prezidentining gʻalabali maʼruzalariga muhim tushuntirishlarni berishga shoshildi.

Uning taʼkidlashicha, "koronobond" bu bir martalik vosita, chunki Yevroittifoq misli koʻrilmagan inqirozga duch kelmoqda. Britaniyaning The Guardian gazetasi oʻquvchilarning eʼtiborini quyidagicha tortadi: Berlinning rasmiy pozitsiyasi qabul qilingan dasturning "cheklangan saqlash muddati" ni nazarda tutadi, bu oʻz navbatida, hech boʻlmaganda nazariy jihatdan, nemis pullarini frantsuz nafaqahoʻrlariga tarqatilishiga qarshi boʻlganlarni tinchlantirishi kerak. Muammo shundaki, bu vaʼdalar birovni tinchlantirishi qiyin.

Yevroparlamentda allaqachon 2 trillion yevroga (hozirda koʻzda tutilayotgan 500 milliard emas) teng "iqtisodiyotni ragʻbatlantirish" toʻplamini  tashkil etish toʻgʻrisidagi talablar tarqatilmoqda, bu Germaniya va Yevropa Ittifoqining ancha-muncha barqaror davlatlari zimmasiga yaqindagina hech kim eng dahshatli tushida ham tasavvur qila olmagan qoʻshimcha qarzlarni toʻlash vazifasi qoʻyiladi. Bundan tashqari, Italiya Bosh vaziri oʻz tvitterida 500 milliardlik "grantlar" "birinchi qadam" ekanligini yozdi. Demak, ehtimol Makron va uning bir hil vaziyatdagi ittifoqdoshlari Germaniyani sogʻishda davom etadilar.

Nemis pullarini saqlab qolishning soʻnggi paradoksal umidi sifatida Avstriya kantsleri Kurtsning norasmiy rahbarligi ostida Avstriya, Daniya, Gollandiya va Shvetsiya ittifoqi chiqmoqda.

Euronews adolat bilan Yevropa Ittifoqi barcha davlatlarining "koronabond" boʻyicha roziligi kerakligini taʼkidlaydi, bunday rozilik esa yoʻq: "Sebastan Kurts Daniya, Niderlandiya va Shvetsiya yetakchilari bilan ushbu (Makron va Merkelning "koronabondlar" boʻyicha-tahr.) taklif toʻgʻrisida gaplashganini va ularning pozitsiyasi oʻzgarishsiz qolganini Tvitterda eʼlon qilib, boʻlajak muzokaralar qiyin oʻtishiga ishora qildi. "Biz eng koʻp zarar koʻrgan davlatlarga kredit berish orqali yordam berishga tayyormiz", - deya qoʻshimcha qildi u.

Biroq, Frantsiya yoki Italiya byudjetidagi teshiklarni qoplash istiqbolidan norozi boʻlgan barcha mamlakatlar amalda veto huquqiga ega boʻlishlariga qaramay, ushbu jasur "toʻrtlik" guruhi uzoq vaqt davomida Yevropa Ittifoqi, Parij, Berlin va Yevropa komissiyasining qoʻshma bosimiga qarshi turishlari ehtimoli past. Yevro hududiga aʼzo boʻlishdan zarar koʻrgan va iqtisodiyoti Yevropa ichki bozorida Germaniya iqtisodiyoti bilan raqobatlasha olmaydigan mamlakatlar vakillari uchun koronavirus epidemiyasi Berlin va uning ittifoqchilarini Yevro zonasi keltirgan qoʻshimcha daromadlarning bir qismini boʻlishishga daʼvo qilish uchun soʻnggi imkoniyatdir. Boshqa tomondan, Germaniya, Niderlandiya yoki Avstriyadagi saylovchilari ularning hisobiga mablagʻlarni bu tarzda taqsimlanishiga asosli eʼtiroz bildirishlari mumkin. Agar Angela Merkelda yevro hududini saqlab qolish uchun ikki trillion yevro sarflash kerakligiga ishonch hosil boʻlib, va oxir oqibat bu pullarni Germaniya byudjeti tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan taqdirda, u holda oʻz fuqarolari Merkelni toʻxtata olmaydilar. Ammo kelgusi saylovda ushbu saylovchilar oʻzlarining milliy manfaatlarini qattiq himoya qiladigan siyosatchilarga muhtoj ekanliklarini hal qilishlari mumkin. "Koronavirusni qarzlar bilan davolash"ning yomon taʼsiri sifatida koʻplab Yevropa mamlakatlarida tizimga qarshi populizmning keskin oʻsishi boʻlib chiqsa ajablanmasa boʻladi.

Agar roʻy bersa ham, bunda odatdagidek "ijtimoiy tarmoqlardagi rus trollari" yoki (hozirgi modaga muvofiq) "Xitoy targʻibotining urinishlari" aybdor boʻladi. Ammo Yevropa Ittifoqi uchun siyosiy xavflarning yangi toʻlqinini yaratishda haqiqiy aybdorlar - bu yoʻlni tanlagan Yevropa yetakchilarining oʻzlari.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular