22:08 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Kolumnistlar
Havola olish
181211

AQShdagi tartibsizliklar Moskva fitnasi sabab vujudga keldi va namoyishchilar "rus oʻquv qoʻllanmasiga" qatʼiy rioya qilgan holda politsiya boʻlinmalarini vayron qilishmoqda.

TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik, Galiya Ibragimova. AQShdagi tartibsizliklar Moskva fitnasi sabab vujudga keldi va namoyishchilar "rus oʻquv qoʻllanmasiga" qatʼiy rioya qilgan holda politsiya uchastkalarini vayron qilishmoqda. Bunday daʼvolar milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchi Syuzan Rays tomonidan bildirilgan. Dalillarning oʻrniga, u oʻzining tajribasi va intuitsiyasiga tayanishni taklif qildi. RIA Novosti nima amerikaliklar hamma joyda "Rossiya izi"ni koʻrishini oʻrgandi.

Noroziliklardan tortib talonchilikkacha

Los-Anjelesdagi savdo markazlari hozirda karantinda. Kaliforniya hukumati ularni iyun oyida ochishni rejalashtirgan. Ammo talonchilar bu ishi birinchi boʻlib bajardilar. Endi hashamatli butiklarning eshik va derazalari singan, hamma narsa talon-taroj qilingan. Vayronchilar maishiy texnika, kiyim-kechak, mebel va hatto oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketishgan. Politsiya vertolyotlari vahshiyliklarni tepadan suvni toʻkib toʻxtatishga urinishdi. Ammo bu olomonning gʻazabini bosmadi.

Politsiya hibsga olayotganda afroamerikalik Djorj Floydning oʻlimidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari Minneapolis ortidan Vashington, San-Frantsisko, Portlend, Mayami, Indianapolis, Filadelfiya va Atlantani qurshab oldi. Fojiali voqeaga bevosita aybdor Derek Chovin ishdan boʻshatildi, tergov olib borilmoqda. Ammo namoyishchilar nafaqat huquq-tartibot xodimini jazolashni, balki AQShda tizimli irqchilikka chek qoʻyishni talab qilmoqdalar. "Adolat boʻlmasa - tinchlik boʻlmaydi! Politsiyaning zulmiga yoʻq!" – deb baqiradi namoyishchilar.

Koʻpchilikning qoʻlida Floydning "Men nafas ololmayapman" degan oxirgi soʻzlari yozilgan plakatlar. Yuzlab odamlar asfaltga yotib, bu iborani takrorlashdi. Ammo tinch harakatlar tez orada toʻqnashuvlarga, soʻngra tartibsizliklar va talonchiliklarga aylandi.

Katta shaharlarda komendantlik soati eʼlon qilindi - bu yordam bermadi. Vashingtonda namoyishchilar Oq uyni oʻrab olib, ichkariga kirishga harakat qilishdi. Nyu-Yorkda olomon yigirmata politsiya mashinasini toshboʻron qilib, yoqib yubordi. Portlendda gʻalayonchilar sud binosiga oʻt qoʻyishdi.

Fuqarolik jamiyatiga tahdid

Dastlab, AQShda koʻpchilik namoyishchilarga xayrxohlik bildirdi. Mahalliy hokimiyat fitnachilarga eʼtibor bermaslikka harakat qildi, politsiyani kuch ishlatmaslikka chaqirdi. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari tomon yonuvchi suyuqlik uchishni boshlaganida, boshqa bardosh berib boʻlmadi.

Minnesota gubernatori shtatga Milliy gvardiyani kiritdi, Los-Anjelesda ham harbiylar yordamiga tayanishga toʻgʻri keldi. Koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va rezina oʻqlar otildi.

"Minneapolisda roʻy berayotgan voqealar endi Floydning oʻlimi bilan bogʻliq emas. Talon-tarojlar fuqarolik jamiyatiga tahdid solmoqda va bizning shaharga qoʻrquvni solmoqda, uning hayotiga halaqit bermoqda", - deya tushuntirdi gubernator Tim Valts.

Donald Tramp yanada keskinroq munosabat bildirdi. Prezident Floydning oʻlimi "Amerikaliklarda dahshat, qaygʻu va gʻazabni chiqargan fojia" ekanligini tan oldi. Ammo u oʻz vaqtida olomonni tinchlantirmagan shtatlar rasmiylarini tanqid qildi. U namoyishchilarni "banditlar" deb atadi, kuch ishlatishni maʼqulladi. Radikal chap guruhlarni esa qoʻzgʻashda ayblab, ularni taqiqlashga chaqirdi.

Yakshanba kuni xavfsizlik xizmati davlat rahbarini Oq uyning yer osti bunkeriga oʻtkazdi. Prezident u yerdan tahdid oʻtib ketgandan keyin chiqdi.

Aydorlarni qidirish

Juda tez fursatlarda tartibsizliklarda Rossiya izini "topishdi". "Oʻtgan galgi saylov kampaniyasida ruslar qora faollarga aylandi. Men ularni talon-tarojlarga aloqadorligini istisno qilmayman", - dedi Yangi Orlean meri Mark Morial CNN telekanali efirida. Mer Moskvaning 2016 yilgi saylovlarga aralashishini aniqlay olmagan uzoq muddat kechgan tergov haqida indamadi.

Bir necha kundan keyin estafetani Barak Obama maʼmuriyatining milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays qabul qildi. CNN telekanalida u namoyishchilar "rus qoʻllanmasi" boʻyicha harakat qilganini aytdi.

"Tinch namoyishchilar ham bor. Ular adolatsizlik va tengsizlikka qarshi. Ammo norozilik kun tartibini qoʻlga kiritishga uringan provokatorlar ham bor. Tajriba menga ular toʻgʻridan-toʻgʻri Rossiyaning taktik sxemalari toʻplamiga muvofiq harakat qilishlarini aytmoqda", - dedi Rays.

"Rossiya izi"ni qidirishga oʻtar ekan, Amerika OAVlari Moskvaga qarshi yana bir ayblovni esga olishdi. Bir necha yil oldin Vashingtonda rus xakerlari Black Lives Matter harakatini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlashgan. Uning faollari ham politsiyaning zulmlariga qarshi chiqishgan.

Tramp "Rossiya izi" haqidagi munozaralarni  tanqid qildi. Prezident CNN buni reytinglarini koʻtarish maqsadida qilayotganini taxmin qildi.

Moskvada ham jim turishmadi. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya "hech qachon Amerika ishlariga aralashmagan va hozir ham aralashmoqchi emas" deya taʼkidladi.

Amerikaning qutblarga boʻlinishi

Amerika jamiyati oʻta darajada qutblarga boʻlinib ketgan. Iqtisodiyot oliy maktabining Yevropa va xalqaro majmuaviy tadqiqotlar markazi direktorining oʻrinbosari Dmitriy Suslov bu bilan noroziliklarning ommaviyligini tushuntiradi. Bari gap Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelishi bilan kuchaygan qadriyatlar boʻlinishida.

"Baʼzi amerikaliklar liberal qadriyatlarga amal qiladi, baʼzilari konservativ. Emigratsiya tarafdorlari ham bor, ammo Meksika bilan chegarada devor qurishni qoʻllab-quvvatlovchilar ham koʻp. Bunga globalistlar va protektsionistlar oʻrtasidagi mojaroni qoʻshamiz. Minneapolis, irqiy muammoni ham esga soldi. Bir "qozonda" oq tanlilar ham qora tanlilar ham bir vaqtda kaynay olmadi, qora tanlilar jamiyatning toʻlaqonli qismiga aylana olmadi", - deb tushuntiradi Suslov RIA Novostiga.

Koronavirus pandemiyasi, mutaxassisning fikriga koʻra, afroamerikaliklarning zaifligini ochib qoʻydi. "Qora tanlilar orasida infektsiyadan oʻlish darajasi ancha yuqori. Ehtimol, bu ularning tibbiyotga yetishi cheklanganligi bilan bogʻliq. Afroamerikaliklar oq tanlilarga qaraganda daromadlari pastligi sababli qimmat davolanishga qodir emas", - deydi Suslov.

Gʻamlab qoʻyilgan ayblovlar

Siyosatshunos hukumat rasmiylarining “rus izi”ning izlanishini ichki qarama-qarshiliklarni tan olishni istamasligi bilan bogʻlaydi. "Amerika elitasi jamiyatni sogʻlom deb hisoblaydi. Barchasini Tramp va ruslar buzmoqda. Agar Tramp olib tashlanib, “rus izi” yoʻq qilinsa, mamlakat oʻz iziga tushadi. Ammo shaharlardagi tartibsizliklar bu meʼyor allaqachon oʻtib ketganligini koʻrsatmoqda. Hech kim jiddiy islohotlar kerakligini tan olmayapti", - deydi Suslov.

Siyosatshunosning fikricha, Raysning chiqishini saylovoldi kampaniyasi yoʻnalishidagi chiqish deb qabul qilish kerak. "Sobiq rasmiy Jo Bayden navbatdagi prezident boʻlsa, uning jamoasiga qoʻshilishni rejalashtirgan deb taxmin qilishimiz ham mumkin. Moskvaga qarshi ayblovlar - goʻyoki Kreml bilan kelishib harakat qilayotgan Trampga demokratlar bosimining davomidir", - deydi ekspert.

Suslov Baydenning gʻalabasi amalga oshsa, navbatdagi "Rossiya ishi"ning  boshlanishi mumkinligini istisno qilmaydi. "Amerikaliklar darhol Moskvani saylovga taʼsir qilish niyatida ekanlikda aybladi. Endi bu shubhalar kuchaymoqda. Kongressdagi demokratlar Minneapolisdagi bosqinlar uchun sanktsiyalarni taklif qilishlari mumkin. U yogʻiga battar boʻlishi mumkin. Bayden esa umuman Moskvani Amerika jamiyatini yoʻq qilishga urinishda ayblashi mumkin va buni saylov tezislaridan biriga aylantirishi mumkin", - deb taxmin qiladi siyosatshunos.

Ekspertning fikriga koʻra, tashqi raqibni izlash na Rossiya-Amerika munosabatlariga, na xalqaro xavfsizlik tizimiga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. Bundan tashqari, odatiy mafkuraviy stereotiplardan foydalanishga urinish Amerikaning oʻzi uchun xavflidir: boʻronni keltirib chiqargan sabablar kabi, noroziliklar ham haqiqiydir. Ammo "Rossiya izi"ga ishoralar hech narsani hal qilmaydi.

Asosiy mavzular