23:08 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Kolumnistlar
Havola olish
465 0 0

Odamlarni koronavirus bilan kasallanishidan himoya qilish. Usul har jihatdan yaxshi - odam ham sogʻlom qoladi, boshqalarni ham yuqtirmaydi.

Sergey Tsarenko. Biz, shifokorlar, monoklonal antitanachalar, steroidlar, antivirus dori vositalar yordamida koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda katta yutuqlarga erishdik. Bemorlar vafot etishi holatlari kamaydi, ammo infektsiyaning ogʻir shakllari uchrasa, ularni Oʻpkani suniy ventilyatsiya uskunalariga oʻtkazishimizga toʻgʻri kelmoqda. Keyinchalik har oʻn bemordan 6-8 nafari kasalxona ichidagi infektsiyalardan vafot etmoqda. Bunday bemorlarni yangi antibiotiklar yordamida qutqarish mumkin boʻlar edi. Ammo ularni yaratishga yillar kerak boʻladi.

Ammo yana bir usul ham bor: odamlarni koronavirus bilan kasallanishidan himoya qilish. Usul har jihatdan yaxshi - odam ham sogʻlom qoladi, boshqalarni ham yuqtirmaydi. Axir, bu kasallikka chidamli odamlar qancha koʻp boʻlsa, jamiyatda immun qatlami shuncha qalin boʻladi, epidemiyaning oxiri shuncha tez keladi.

Hozircha kasallikka chidamlilik faqat odam u bilan kasallangan taqdirdagina shakllanmoqda. Ammo xavfsizroq variant ham bor axir – bu emlash. Ustiga ustak, Gamaleya instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan samarali va xavfsiz vaktsina ham mavjud. Mikrobiologiya hamjamiyatda bu institut avtomobilsozlikda "Mercedes" markasi kabi mavqega ega.

Men akademik Gintsburg va Logunovni koʻp yillardan beri bilaman. Ular va xodimlari bilan birga bardoshli bakteriyalarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqmoqdamiz. Bundan tashqari, institut olimlari allaqachon Ebola va MERS-ga qarshi vaktsinalarni muvaffaqiyatli yaratdilar. Ular buni nafaqat yaratdilar, balki vaktsinalarni yaratishda xavfsiz va samarali usul – vektor usulini ishlab chiqdilar. Odam uchun xavfsiz adenovirusga orbital stantsiyani tashuvchi-raketaga ilganni singari - koronavirusning bir boʻlagini ilishadi. Uni inson tanasiga kiritishadi. Shundan soʻng, ham "tashuvchi-raketaga", ham "orbital stantsiyaga" immunitet hosil boʻladi. Muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun uch haftadan keyin xuddi shunday "orbital stantsiya" boshqa adenovirusda , boshqa"tashuvchi-raketaga" ilingan holda kiritiladi. Immunitet yana shakllanadi. Natijada, ikkala adenovirusga sustroq immunitet shakllanadi-da (axir uning organizmga keragi yoʻq), koronavirusga esa - barqaror va ishonchli immun himoya shakllanadi.

Barcha dohiyona narsalar kabi oddiygina. Axir bizning “Levsha”larimizdan (chapaqay-usta – tahr.) boshqa hech kimning hayoliga bunday nozik narsalar kelmagan. Dunyoda yana bir nechta vektorli vaktsinalar yaratilmoqda, ammo birdaniga ikkita "tashuvchi-raketa" bilan hech qayerda yoʻq!

Vaktsina allaqachon koʻngillilarda sinovdan oʻtdi. Eʼtiborga shunisi loyikki, birinchi koʻngillilar Gamaleya institutining barcha xodimlari boʻldi. Ular yangi koʻprik yaratuvchilariga oʻxshaydi - koʻprik boʻylab birinchi poyezd yurayotganida, ular shu koʻprik ostida turishdi! Bundan keyin, vaktsina harbiy koʻngillilarda sinovdan oʻtkazildi. Bitta ham asorat yoʻq, hammasining immuniteti oʻta kuchli.

Matbuotda tanqidlar toʻlqini oʻtgani ajablanarli emas. Oʻgʻirlangan texnologiyalar haqidagi shunchaki uydirmalardan tortib, vaktsinaga immunitetni shakllanishi paytida tasodifan koronavirusni yuqtirish holatida vaziyatning yomonlashishi mumkinligi haqidagi soxta ilmiy mulohazalargacha. Oxirgisi juda qoʻrqinchli eshitiladi: Antitanachalarga qaram kuchayish (ADE). Mutaxassis boʻlmaganlar uchun qoʻrqinchli. Virusologlar esa ADE taʼsiri faqatgina Denge bezgagiga xos va shunda ham emlash bilan bogʻliq boʻlmaganligini bilishadi. Boshqa hollarda, effekt baʼzan probirkada koʻrinadi. Koronavirus infektsiyalari holatida emas.

Shunda savol tugʻiladi. Matbuotda bu kampaniyani kim moliyalashtirmoqda? "Mustaqil ekspertlar" kimga qaram? Polishinel siri: hozirgacha Rossiya olimlaridan ortda qolgan boshqa vaktsina ishlab chiqaruvchilariga qaram. Shuningdek baʼzida samarali dorilar, ammo kasallikning yengil shakli va koʻp nojoʻya taʼsirlarga ega antivirus dori vositalari ishlab chiqaruvchilariga.

Biz, amaliyotchi-shifokorlar, bu shov-shuvli mash-mashalarga eʼtibor berishdan uyalamiz. Biz koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar oldimizga kelishini toʻxtashini va hozircha epidemiyada boshqa ishga bormayotgan qoʻllarimiz boshqa kasalliklar bilan ham shugʻullanishini kutamiz.

Asosiy mavzular