14:16 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Kolumnistlar
Havola olish
356 0 0

Anqaraning Qora dengizda gaz zaxiralari topilganligi haqidagi bayonotidan keyin tahlilchilar darhol oʻz baholarini va makroiqtisodiy taxminlarini berishga kirishdilar.

"Yangi davrning boshlanishi", "bu mamlakatni energetika nuqtai nazaridan mustaqil qiladi", "tarixiy onlar" - Turkiya hukumati Qora dengizda topilgan gaz koni haqidagi yangilikka imkon qadar jar soldi. Aslida, bu yoqilgʻi bor, lekin u yoʻq. Ehtimol, yaqin orada boʻlmaydi ham.

Qiymati sakson milliard dollarga teng uch yuz yigirma milliard kubometr gaz – juda ishonchliga oʻxshaydi. Yaqinda Anqaraning Qora dengizda gaz zaxiralari topilganligi haqidagi bayonotidan keyin tahlilchilar darhol oʻz baholarini va makroiqtisodiy taxminlarini berishga kirishdilar.

Turkiya oʻz ehtiyojlarini qoplay oladimi yoki hatto, hech boʻlmaganda mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan eksportchiga aylanishi mumkinligini muhokama qildilar. Kimdir “Turk oqimi” boʻyicha xavotirlarini bildirdi, boshqalar qazib olish narxini taxmin qilish bilan shugʻullanishdi.

Aslida, hammasi oʻylangandan ancha sodda boʻlib chiqdi va barcha hisob-kitoblar respublikadagi ichki holatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Raxmi Turan, "Sözcü" turk nashriga maqolalar mualliflaridan birining eslatishicha: mamlakatda allaqachon saylovlar oldidan neft yoki gaz topilganligi haqida jar solish siyosiy anʼanaga aylanib qolgan.

Ularning eng yaqini 2023 yilga rejalashtirilgan, va bu keng koʻlamli PR-kampaniya uchun hali erta boʻlib tuyulishi mumkin. Ammo hukumat konlarni aynan shu paytda qazishni boshlashni rejalashtirmoqda, shuning uchun uch yildan keyin sarlavhalar yanada chiroyliroq, balandparvozli va ahamiyatli boʻlishi mumkin.

Turkiya hozirda deyarli toʻlaligicha chet eldan "zangori olov" taʼminotiga qaramdir, bunday holda esa ovoz berish oldidan saylovchilarni ishontirishga arziydi. Axir bu mamlakatdagi deyarli barcha iqtisodiy muammolarning yechimi sifatida taqdim etilmoqda.

Sözcü'da bu boʻyicha mutlaqo boshqa fikrdalar: birinchidan, atigi uch yil ichida respublika qazib olish va qayta ishlashning barcha jarayonlarini yoʻlga qoʻyishi dargumon. Ikkinchidan, kelgusi yetti yil uchun qazib olish surʼatlari yiliga 8-10 milliard kubometrni tashkil etadi holos, bu esa Turkiya ehtiyojining atigi beshdan biridir. Agar energetikada toʻlaqonli mustaqillik roʻy bersa ham, bu yaqin oʻrtada boʻlmaydi, deb xulosa qiladi material muallifi.

Ularning soʻzlariga koʻra, Adolat va Taraqqiyot partiyasining oʻtgan 18 yil ichida hukmronligi davrida turklar toʻqqiz marta topilgan neft haqidagi yangiliklardan xursand boʻlishgan. Ammo navbatdagi ovoz berishdan keyin barchasi allaqanday tarzda unutilardi. Saylovoldi-uglevodorodlar anʼanasiga juda uzoq vaqt oldin, kamida 65 yil oldin, u payt Demokratik partiya yetakchisi Adnan Menderes bosh vazir boʻlganida asos solingan.

Oʻshanda gazetalar balandparvoz: "Frakiyada boy neft konlari topildi!" sarlavhalari bilan chiqqan. Ammo, bu "yangi davrning" maqtalgan boshlanishi va respublikaning energiya mustaqilligining kafolati boʻla oldimi? Koʻrinishidan, yoʻq, boʻla olmadi.

Muallif Mariya Merkulova, Sputnik radiosi

Asosiy mavzular