06:51 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
166120

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinani ishlab chiqarishda yetakchilik Gʻarb uchun nafaqat yoqimsiz syurpriz, balki ham siyosiy, ham moliyaviy sabablarga koʻra gʻazabni keltiradigan chaqiruvga aylandi.

Bir tomondan, tubdan ortda qolgan, nodemokratik Rossiyaning murakkab ilmiy va  texnologik sohalarda bunday yutuqlarni amalga oshirishga haqqi yoʻq edi. Boshqa tomondan esa – astronomik kattalikdagi moʻmay yutuq turibdi, u Gʻarb farmatsevtika kontsernlari yonidan suzib oʻtib ketishi degan fikrning oʻzi, u yerda jigʻildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, Hindistonga 100 million dozani yetkazib berish toʻgʻrisidagi kelishuvning oʻzi eʼtiborga loyiq.

Rossiya rus olimlarining ilmiy ish natijalarini obroʻsizlantirish uchun koʻplab urinishlarga duch kelganligi ajablanarli emas: katta siyosat, katta pul.

Biroq, akulalar yonida, xoʻjayin stolidan qandaydir yegulik olib turadigan - yopishqoq-baliqlar uchun har doim joy topiladi.

Dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tibbiyot jurnallaridan biri The Lancet da “Sputnik- V” vaktsinasining sinov natijalari toʻgʻrisida nashr etilgan maqola atrofida shunga oʻxshash voqea paydo boʻldi.

Maqola yashin tezligida tanqidga uchradi.

Jahon OAVlari tomonidan tarqatilgan katta yangilik – bu ochiq maktub boʻldi, unda Amerika Templ universiteti biologiya professori Enriko Bussi "ehtimol, rus tadqiqotchilar yoʻl qoʻygan xatolar” borasidagi qoʻrquvlar yuzasidan fikr bildirgan. Uni 25 ga yaqin Gʻarb olimlari qoʻllab-quvvatladi.

The Lancet rossiyalik tadqiqotchilarga berilgan savollarga javob berishni taklif qildi, bu oʻz navbatida bajarildi.

Gamaleya markazi nashrga “Sputnik-V” vaktsinasini oʻrganish boʻyicha toʻliq klinik protokolni taqdim etdi. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev maqola chop etdi, unda tanqidchilarning asosiy daʼvolari yuzasidan batafsil izoh bergan.

Shu oʻrinda muammo nafaqat mahalliy tadqiqotchilari eʼtibor qaratgan ilmiy ishlarda emas.  

Gap shundaki, janjal koʻtargan maktubning muallifi oʻzi juda diqqatga sazovor odam. Bi-bi-si materialida Enriko M. Buchchi "soxta fanga qarshi taniqli kurashuvchi" deb nomlangan. Biroq, "ilmdan ishbilarmon" xarakteristikasini qoʻllash toʻgʻri boʻlar edi.

2016 yilda Buchchi ilmiy ishlarni tekshirish, toʻgʻrilik va haqqoniylikni oʻrganishga ixtisoslashgan Resis Srl kompaniyasiga asos solgan.

Bu zamonaviy ilm-fanning juda dolzarb mavzusi. Soʻnggi yillarda tadqiqotchilar nashr etgan maqolalarda koʻp xatolar,  shu jumladan qoʻpol xatolar ustida ushlanmoqda. Gap faqat suiisteʼmol yoki firibgarlik toʻgʻrisida emas, koʻpincha haqqoniy kamchiliklar mavjud boʻlib, ular fosh etilganda, olimlarning, hatto butun ilmiy muassasalarning obroʻsiga taʼsir qiladi.

Aynan mana shunday muammolarning oldini olish uchun, mualliflar va tadqiqot tuzilmalar tez-tez oʻzlarining matnlarini mustaqil ravishda tekshirib koʻrish maqsadida – chop etishdan avval - bu kabi ishlarga ixtisoslashgan firmalarga murojaat qilishadi.

Xususan, mazkur faoliyat uchun Germaniyaning Frits Lipmann instituti Buchchi kompaniyasini yollagan, bu yerda bir muncha vaqt oldin nashr etilgan ishlardagi xunuk xatolar tufayli katta janjal koʻtarildi.  Nature jurnali bir yil oldin ushbu voqea batafsil maʼlumot bergan.

Bunday biznes maʼlum axloqiy cheklovlarni keltirib chiqaradi, buni professor Buchchi yaxshi anglab yetadi. 2019 yil dekabrda Nature jurnali oʻzida ilmiy ishning sofligi va haqqoniyligiga bagʻishlangan material nashr etildi, u yerda Buchchi hammualliflik qilgan. U yerda ham Enriko N. Buchchining manfaatlar toʻqnashuvi borligi ochiq oydin qilib koʻrsatilgan.

Oddiy qilib aytganda, tijorat kompaniyasi egasi u ixtisoslashayotgan faoliyat toʻgʻrisida omma oldida gapirganda, bu aslida oʻz kompaniyasining reklamasiga aylanadi.

Ammo, albatta, Rossiya vaktsinasini "fosh qilish" haqida gap ketganda, bunday mayda-chuyda narsalar ahamiyat kasb etmaydi.

Gʻarb Rossiya ishlanmalarining yetakchiligiga putur yetkazish yoki hech boʻlmaganda ularni  zaiflashtirish umidida yana bir zarba berish maqsadida Buchchining ochiq (va maʼnosi boʻyicha oʻzini oʻzi reklama qilish) maktubidan foydalandi.

Professorning oʻzi esa shunday katta miqyosda, orzu ham qilmagan darajada piarni oldi. Aslida, bu "xaypga jilovlash" deb nomlanadi, bu tamoyil boʻyicha yuzlab va minglab media-shaxslar harakat qiladi.

Shubhasiz, bu juda jozibador yangi tijorat shartnomalar shaklida unga natija beradi. Katta siyosatning loyqa suvida xaypni ovlash juda foydali boʻlishi mumkin.

Ammo bu umuman fanga, xususan tibbiyotga va dunyo boʻylab yuz minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga hech qanday aloqasi yoʻq.

Asosiy mavzular