05:14 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
614 0 0

Amerika saylovlarining oxiri koʻrinib qoldi: bugun Donald Tramp va Jo Bayden oxirgi marta teledebatlar chogʻida uchrashadi.

Amerika saylovlarining oxiri koʻrinib qoldi: bugun Donald Tramp va Jo Bayden oxirgi marta teledebatlar chogʻida uchrashadi. Bu uchrashuvni, aslida, ular hayotidagi soʻnggisi ham boʻlishi mumkin. Amerikada vaziyat shunday qiziganki, bu ikki shaxsni yana birga koʻrishni tasavvur qilish juda qiyin. Hatto moʻʼjiza yuz berib, saylovlarda Bayden gʻolib boʻlganda ham – Tramp shunchaki ovoz berish yakunlarini tan olmasligi va barcha anʼanalarni buzib, inauguratsiya marosimiga kelmasligi mumkin. Bayden esa aniq Tramp inauguratsiyasiga kelmaydi. Shunday ekan payshanba kuni ular istagan gaplarni aytadigan kun va soʻnggi imkoniyat boʻladi. Ular bu imkoniyatdan toʻliq foydalanishadi.

Tramp Baydenni jinoiy guruh rahbari deb atab, Joni (oʻgʻli Xanter bilan birgalikda) turmaga tiqishni talab qiladi. Jo turmaga oʻtirmaydi, lekin u saylovlarda magʻlub boʻlganda OAV uni “oktyabr sovgʻasi” oyogʻidan chalganini yozadi (kuni kecha Xanter kompyuteri qattiq diskidan olingan, sobiq vitse-prezidentni yolgʻon va korruptsiyada fosh etuvchi kompromat). Biroq Bayden bu materiallarsiz ham yutqazgan boʻlardi. Chunki Trampning qoʻli baland kelishi muqarrar. Lekin qanday qilib axir: soʻrovlar Baydenning katta ustunligini koʻrsatyaptiku? Ular uydirma boʻlishlari mumkin emas axir?

Boʻlishi mumkin. Chunki har qachongiga qaraganda katta pul tikilgan, Trampga qarshi oʻynayotgan kishi qodir boʻlmagan yolgʻon yoʻq. “Men nafaqat Baydenga qarshi nomzodimni qoʻymayapman, men soʻl OAV, katta texnologiya gigant kompaniyalari ("Feysbuk", "Tvitter", "Gugl") va Vashington botqogʻi“ga qarshi nomzodimni ilgari suryapman”, dedi Tramp kuni kecha. Buning tasdigʻi uch boshli mahluqning Bayden oilasiga qarshi paydo boʻlgan kompromatga boʻlgan munosabati boʻldi. “Nyu-York post”da chop qilingan maqolani bloklashga urinishdi: “Gugl” uni qidirish tizimida topmadi, “Feysbuk” va “Tvitter” uni boʻlishishga imkoni bermadi. Oʻz oʻzidan OAV sharmandali maqolani koʻrmaslikka urindi, aksariyat siyosatchilar oʻzini hech qanday jiddiy ish boʻlmagan kabi tutdi. Yaʼni bu uchta kuch oʻz harakati bilan Tramp haqligini tasdiqladi. Shu bilan birga Rossiyaga qarshi ayblovlar ham yangradi – aniqku, Moskva Bayden qarshi kompromatni tashlab qoʻyib, yana Amerika saylovlariga aralashdi.

Bu haqda nafaqat sharhlovchilar va kongressmenlar, balki maxsus xizmat xodimlari ham gapirishdi. AQSH Milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff Bayden noutbukidagi maʼlumot “biror-bir Rossiya dezinformatsiya kampaniyasi qismi emasligini maʼlum qildi”. Biroq ellikta sobiq razvedkachilar (jumladan, yolgʻoni fosh qilingan Retkliffdan oldin shu vazifada ishlgan Jim Klepper) ochiq xat yozishdi va unda tajriba “bizni bu ishda muhim rolni Rossiya hukumati oʻynagani jiddiy gumonlanishga majburlashini” bayon qilishdi:

“AQShda siyosat maydonda, taxminan, AQSH vitse-prezidentining oʻgʻli Xanter Baydenga taalluqli, ularning aksariyati u Ukraina “Burisma” gaz kompaniyasi rahbariyatida  ishlagan davrga tegishli elektron maktublarning paydo boʻlishi Rossiya axborot kampaniyasining odatdagi barcha belgilariga ega”.

Yaʼni Rossiyani u Baydenga qarshi kompromatni soxtalashtirganlikda ayblashmayapti (bunday ayblovlar ham yangramoqda aslida), u shunchaki uni tarqatgan. Lekin qanday qilib? Agar, Rudi Juliannining (Tramp advokati va Nyu-York sobiq meri) soʻzlariga koʻra, Xanter Bayden kompyuteri qattiq diski ichidagi maʼlumotlar yetti oy oldin FQBga topshirilgan boʻlsa? Yaʼni Moskva “oktyabr sovgʻasini” tayyorlab, bu materiallarni sir tutgan, yoki buni Tramp shtabi va uning maslahatchilari, jumladan, Julianni qilgan? Ha aytmoqchi, Julianni ham Putinga ishlaydiku... Va bu hazil emas: senator kris Merfi maʼlum qilgandek, “bu gal ruslar Amerika fuqarolarini oʻz agentlari sifatida tayyorlashga qaror qilishgan. Ular oʻz propagandasini OAVda tarqatishga urinishmoqda... Bu ularning qoʻlidan keldi ham. Bilasizmi, Rudi Julianni endi, aslida, Rossiya agenti”.

Ha, albatta, agar Trampning oʻzi Kreml uchun ishlayotgan boʻlsa, uning xodimlari va safdoshlari haqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Kulgi kulgiyu, lekin vaziyatni aynan shunday ahmoqona baholash va amerikaliklarga “Rossiya aralashishini” sotish Tramp allaqachon gʻolib boʻlganining yorqin dalilidir. Chunki uning raqiblari toʻliq toʻqib chiqarilgan dunyoda yashashadi – unda ruslar AQShdagi saylov natijalariga taʼsir koʻrsatishadi, Trampning Baydendan ortda qolish ikki xonali son bilan hisoblanadi. Ustiga ustak bularning hammasi bir vaqtning oʻzida roʻy beradi va umuman bir-biriga zid emas.

Biroq haqiqiy dunyoda umuman boshqa narsani kuzatamiz: Trampning mamlakat boʻylab tugamas mitinglarida tarafdorlarining olomon boʻlib yigʻilishi va Baydenning kam sonli tarafdorlari bilan onda sondagi uchrashuvlarda ishtiyoqning umuman boʻlmasligi. Trampni hatto ozchillar orasida (masalan, ranglilar va musulmonlar) ham qoʻllab-quvvatlanishi oshmoqda. Trampning “rus aloqasi” dalilining umuman yoʻqligi va Bayden oilasining yolgʻonchiligi va korruptsiyaga yoʻq qoʻyganligining yangi tasdiqlari. Eng asosiysi, haqiqiy dunyoda amerikaliklarning allaqachon oʻz siyosiy elitasidan, “Vashington botqogʻidan” hafsalasi pir boʻlgani. Aynan shuning uchun Trampga tizimsiz senator Sandres yagona jiddiy muqobil boʻla olgan boʻlardi. Aynan tizimsizligi tufayli “Bayden” jamoasi tomonidan saylovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmagan.

Oddiy amerikaliklar haqiqiy dunyoda yashashadi, progaganda dunyosida emas, shuning uchun 3 noyabr kuni boʻladigan saylovlar natijasi oldindan ayon. Hatto ovozlarni kerakli “ikkilanayotgan shtalarga” burab qoʻyish urinishlariga qaramasdan.

Soxta dunyo 3 noyabr kuni yutqazadi, hatto voqelikni tan olishdan bosh tortib, nifoq solishni uddalasa ham, lekin hech qayerga yoʻqolmaydi. Uch boshli gidra qasos olish umidida boʻladi va u uchun ishlaydi. Ham Amerika, ham keng miqyosda uning ruslarni oʻz muvaffaqiyatsizligida ayblashga toʻliq haqqi boʻladi.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular