“Oltin milliard” tibbiy yordamsiz qoldi

© Sputnik / Filipp Kravsov / Mediabankka o‘tishMashini skoroy pomoshi v SShA. Arxivnoe foto
Mashini skoroy pomoshi v SShA. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil ishlab turgan shifoxona har qanday YaIM raqamlaridan ko‘ra muhimroq ekanini, bepul “tez yordam” esa – hammada ham yo‘qligini ko‘rsatdi.

AQSh yangi antirekord o‘rnatish arafasida turibdi. 2021-yilning fevral oyida COVID-19dan qurbon bo‘lganlar soni 450 ming kshiga yetishi kutilmoqda, deb xabar qildi AQSh kasalliklarni nazorat qilish markazi direktori Robert Redfild.

Shunisi qiziqni, tibbiy yordam millionlab kishilar hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan ushbu o‘ta muhim vaqtda, AQShda tez yordam stansiyalari, shifoxonalar budjeti va soni kamaymoqda. Maslan Nyu Yorkda vaziyat dahshatli bo‘lishiga qaramasdan EMS (Emergency Medical Services) xodimlaridan 400 nafari qisqartirilgan. Sabab – budjetda mablag‘ yo‘q.

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan ish – nega Amerika vaksinasiz qoldi?

“Ilmiy va texnik jihatdan  rivojlangan ushbu davlat qanday qilib 260 ming aholi qurbon bo‘lishiga yo‘q qo‘yib berdi. Axir AQShdan bir necha barobar kambag‘al davlatlar ham pandemiyani unchalik murakkab bo‘lmagan choralar bilan yengishga muvaffaq bo‘ldi-ku”, - deb yozadi China Daily.

Bu yerda hayratlanarli hechnarsa yo‘q. AQSh hukumati so‘nggi 20-yilda keng omma uchun mo‘ljallangan tibbiyo yordamni bosqichma-bosqich yo‘q qilib kelmoqda. Pandemiyadan so‘ng esa ushbu tizim butunlay yo‘q bo‘lishi mumkin.

Xususan, 2010-2019 yillar davomida AQShda qishloq joylarda 160 dan ortiq shifoxonalar yo‘q qilindi.Buning oqibatida o‘limlar soni 5,9 %gacha oshdi. 1960-yillarda tashkil qilingan tez yordam tizimi – EMS ham oxirgi vaqtlarda pand bera boshladi. Chunki fuqarolar orasida tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lmaganlar soni 10 millionlab kishidan oshdi.

Agar sug‘urtasi bo‘lmagan shaxs tez yordam xizmatida foydalansa, eng arzon holda bu 600 dollardan 10 ming dollargacha yetishi mumkin. Agar bemorni evakuatsiya qilishda vertolotdan foydalanilsa – 90 ming dollarga yetishi mumkin.

Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Vaksina qanchalik xavfli: AQSh javob talab qilyapti, Yevropa pulni sanayapti

Hatto tibbiy sug‘urtasi bo‘lgan kishilar ham oxirgi vaqtlarda sug‘urta polisiga kiritilmagan tibbiy xizmat uchun “surpriz-schetlar" (surprise bill) olish holatlari ko‘paygan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilda 60 millionga yaqin amerikaliklar tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan. Bugun ularning soni yanada oshgan.

Oqibatda har kim o‘z holicha davolanish yo‘lini topmoqda. Masalan sobiq SSSRdan, Meksika yoki Tailanddan kelgan emigrantlar aksariyat hollarda davolanish uchun o‘z vatanlariga qaytib kelishmoqda. Amerikaning chekka qishloq joylarida aholi o‘z tashabbusi bilan kichik noqonuniy klinikalar tashkil qilmoqda.

Xullas, bugun AQShda yuqori sifatli tez yordam va tibbiy xizmatlar – faqat Gollivud filmlarida yoki aholining eng boy qatlami uchun mavjud bo‘lib qolgan. Uzoq yillar davomida sotsialistik davlatlar bilan solishtirganda “o‘rta klass” nomini olgan aholining katta qismi esa – o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

“Oltin milliardning” boshqa davlatlarida ham vaziyat AQShdan ko‘ra yaxshiroq deyish mushkul. Masalan Britaniyada bepul Milliy Meditsina tizimi  NHS (National Health Service) saqlab qolingan bo‘lsada, u ko‘rsatayotgan xizmatlar soni juda cheklangan va sifati past. Palatalar chirkin, ovqatlari yeb bo‘lmas darajada bo‘lgani uchun, aholi orasida NHS shifoxonalari “o‘lim uylari” nomin olgan. Aksariyat aholi milliy tibbiyot tizimiga murojaat qilmaslikka harakat qiladi. Ustiga ustak tez yordam chaqirish mumkin bo‘lgan holatlar ham juda cheklangan.

2020 yil sodir bo‘lgan pandemiya shuni ko‘rsatdi-ki,aksariyat rivojlangan,  jon boshiga YaIM ko‘rsatgichlari bo‘ycha dunyoda yetakchi o‘rinlarni ni egallagan  kapitalistik davlatlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa ijtimoiy sohalarda.

Ularga, iqtisodiy jihatdan qoloq bo‘lgan mamlakatlar yordam berishdi. Masalan Turkiya Britaniyaga tibbiy uskunalar yetkazib berdi, Kuba o‘z shifokorlarini Italiyaga yubordi. Rossiya ham ko‘plab mamlakatlarga yordam berdi, jumladan AQShga ham.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga

Xulosa shuki, 2020-yil har bir kichik shaharchada ishlab turgan shifoxona har qanday YaIM raqamlaridan ko‘ra muhimroq ekanini, bepul va beminnat “Tez yordam” chaqirish imkoni esa –hammada ham yo‘qligini ko‘rsatdi.

Sobiq sotsialistik davlatlar bilan solishtirganda har doim yutuqli bo‘lgan G‘arbning “o‘rta sinf”i esa – bugun hech kimga kerak bo‘lmay qoldi. Bugun aholining aksariyati bo‘lgan “o‘rta sinf”ning yuqori hayot, yuqori darajali ommaviy sog‘liqni saqlash tizimi  - o‘tmishda qoldi.

“Oltin milliard” – bu G‘arbda 90-yillarda ishlab chiqilgan teoriya bo‘lib, unga ko‘ra, Yer sharidagi resurslar miqdori faqat bir milliard kishiga yetadi. Ushbu “oltin milliardga” - AQSh, Kanada, G‘arbiy Yevropa, Isroil va Yaponiya aholisi kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0