05:59 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
48210

Qor boboda ayb yoʻq, asl maqsad – tarixiy va ruhiy yaqin boʻlgan millatlarni bir-biridan ajratib yuborishdir.

TOSHKENT, 30 dek - Sputnik. Ukrainada bir necha yildan  bunyon Yangi yil arafasida Qor Bobo timsoliga maʼnaviy hujumlar uyushtirish anʼanaga aylanib qolgan.

Bu “gʻalati” anʼana 2012 yilda oshkor va ommaviy tus oldi edi desak xato boʻlmaydi. Oʻshanda ukrainalik millatchilar Qor bobo va Qor qiz qoʻgʻirchoqlarini Kiyev markazidagi koʻprikka osib qoʻyib “Ular bizga Avliyo Nikolayni almashtirmoqchi boʻlishgan” deb yozib qoʻyishgan edi.

Kiyevda 2014 yilda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarilishidan soʻng esa sovet anʼanalariga qarshi kurash yangi kuch bilan boshlandi. Har yil Yangi yil arafasida bayramni Qor bobosiz “ukraincha” kutib olishga daʼvatlar tez-tez eshitla boshladi. Hatto rasmiy muassasalar ham bolalar bayramlarida Qor bobo timsolidan voz kechishni “maslahat” bera boshladi.

Vazyat shu darajada absurd holatga yetdiki, Kiyev markazidagi bosh archa yulduz oʻrniga alvasti qalpogʻi bilan bezatildi va bir zumda aholining qattiq tanqidiga uchradi.

- Qanday zamonda yashayapmiz oʻzi - ayiq bilan bezash mumkin emas – u ruslarniki, Qor bobo bilan bezash mumkin emas – u sovetlarniki. U ham bu ham mumkin emas – ijod uchun hech narsa qolmadi” – deb arz qilgan edi ushbu tadbir uchun javobgar boʻlgan Igor Dobrutskiy.

Ukrainalik millatchilar ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil timsollarini qoralash uchun odatda sobiq Ittifoqni ayblashda qoʻllaniladigan iboralarnning barchasidan foydalanishdi. Bechora Qor boboni “qonli imperiya timsoli”, “rus-kommunistlar izi”, “eski tizim sarqiti”, “propagandist va agitator” va boshqa nomlar bilan atashdan toyishmadi.

Bundan tashqari ham Sovet Ittifoqi paytida paydo boʻlgan umumiy Yangi yil anʼanalariga hujum turli tomondan. Turlicha uslublar bilan doimiy ravishda amalga oshirilib kelmoqda. Masalan, ukrainalik kulinar Yevgeniy Klopotenko oʻz koʻrsatuvlaridan birida shunday degan edi - Men Yangi yilda olivye tayyorlamayman, chunki oʻz tarelkamda Sovet Ittifoqini koʻrishni istamayman. Bu xuddi turmadan chiqqandan keyin ham qamoqxona ovqatini yeyishga barobar", - degan edi.

Ha, Yangi yilda millionlab kishilar yaxshi koʻrgan salatni qamoqxona ovqatiga tenglashtirish uchun oʻziga xos “qobiliyat” kerak. Lekin ukrainadagi “maʼnaviyatchilar” buning uddasidan chiqishdi. Asl maqsad – bir-biriga tarixan va ruhan yaqin boʻlgan ukrain millati tarixi va kelajagini rus xalqidan butunlay ajratib olishdir.

Ushbu siyosat Gʻarb tomonidan Ukrainada uzoq yillardan buyon olib borilmoqda. Kurashning ideoloik ruhlantiruvchisi esa - AQSH davlat byudjetidan moliyalashtirilayotgan “Ozodlik” radiosidir.

Bularning hammasi Amerikada 1960 yillarda boshlangan.  Oʻshanda Sovet Ittifoqi va rus xalqiga tegishli hamma narsani yomon koʻradigan senator  Djozef Makkarti amerikalik bolalarni Qor Bobo bilan qoʻrqitish anʼanasini boshlagan edi. Endi boʻlsa bu ishni zamonaviy axborot maydonlarida AQSH tomonidan moliyalashtirilayotgan boshqa tashkilotlar davom ettirmoqda.

Aytish  joizki, xalq orasida bunday qarashlar oʻz aksini topayotgani  yoʻq. Ukrainada, ayniqsa sharqiy hududlarda, oʻtkazilgan soʻrovda aholi koʻproq Avliyo Nikolay yoki Santa Klausdan koʻra - Qor Bobodan sovgʻa olishni xush koʻrishi maʼlum boʻlgan.

Lekin 2020 yilda ushbu soʻrovni oʻtkazayotgan kishilar ayyorlik  qilishdi, ular “Siz kimdan sovgʻa olishni xush koʻrasiz degan” soʻrovga “Sevimli kishimdan” degan yangi punkt kiritishdi. Natijada Qor Bobodan sovgʻa olishni xush koʻradiganlar soni kamaydi.

© Sputnik / Alexey Maishev

Sovet Ittifoqi timsollaridan jon jahdi bilan voz kechayotgan Ukraina bir nasani unutib qoʻygan koʻrinadi. Aslida Yangi yilni bezatilgan archa, Qor bobo va Qor qiz bilan kutib olish anʼanasi - aynan sovet Ukrainasida paydo boʻlgan edi. Xususan, ana shunday bayram ilk bor Xarkov viloyatida uyushtirilgan va keyinchalik butun Ittifoqqa tarqalgan...

1935 yilda Ukraina SSR birinchi kotibi Pavel Postыshev “Pravda” gazetasi orqali bolalar uchun Yangi yil bayramida uchun archa bayrami tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan edi. Maʼlum boʻlishicha, bolalikdan bayramlarni yaxshi koʻruvchi Postыshev buning uchun hatto Stalindan ruxsatnoma olgan.

Asosiy mavzular