09:52 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Madaniyat
Havola olish
88221

Koʻplab davlat idoralari qatorida oʻzbek estrada birlashmasi - "Oʻzbeknavo"ning ham virtual qabulxonasi ishga tushirildi

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori Oʻktamov Farhod Joʻrayevichning virtual qabulxonasi ishga tushdi. U qabulxona.uzbeknavo.uz elektron manzilida joylashgan.

"Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktoriga murojaat qilishingiz mumkin", — deyilgan saytda.

Xabarda aytilishicha, murojaat qiluvchilar oʻz savol, shikoyat va takliflarni "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori nomiga +99871 234-24-28, +99871 234-52-90 telefon raqami orqali bogʻlanib, bildirishlari mumkin.

Virtual qabulxonada har bir murojaat qiluvchi oʻz arizasi maqomini tekshirib koʻrishi mumkin.

Teglar:
shikoyat, qoʻshiqchilar, artistlar, Oʻzbeknavo, virtual qabulxona, ariza

Asosiy mavzular