01:56 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
66025

"Million" jamoasi aprel oyi soʻngida kontsert berishni rejalashtirgan. Guruh aʼzosi Davron Kabulov kontsert dasturlariga kunduzgi seanslar qoʻshilganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. "Million" jamoasi aprel oyining soʻngida 5 kunlik kontsert dasturini taqdim etmoqda.

Guruh aʼzosi Davron Kabulov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kontsert dasturlariga kunduzgi seanslar qoʻshilganini maʼlum qildi.

 

"Muxlislar talabini inobatga olgan holda va oʻquvchi-talaba yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida "Million" jamoasi aprel oyining soʻngida boʻlib oʻtadigan kontsertlarga KUNDUZGI seanslar qoʻshilganini maʼlum qiladi:)", — deyilgan xabarda.

"Istiqlol" sanʼat saroyida ayni vaqtda "Million" jamoasi kontsertiga chiptalar 15 ming soʻmdan 100 ming soʻmgacha sotilayotgan ekan, bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga kassa xodimasi aytdi.

Kontsert haqidagi xabar jamoa muxlislarini shoyad quvontirgan koʻrinadi.

Har holda Davron Kabulovning Instagramm sahifasida kontsert haqidagi xabar ostida birorta ham tanqidiy fikrlar uchramadi.

"Bu safar hech kimni taklif kilmanglar. Birov hazilni koʻtaradi birov koʻtarmaydi. Litsenziyadan mahrum qilishsa yana 2-3 yil millionni kontsertini kutib yashaymizmi? Iloji boricha chegaradan chiqmela. ISHLARINGGA OMAD", — deb yozgan Ilhom Inomovich.

Tataristonlik bir muxlis esa "bu kunni 2 oydan beri kutayotgani" haqida yozib, kontsertga Tataristondan atay uchib kelishini maʼlum qilgan.

Dinora nikli foydalanuvchi esa jamoa aʼzolariga "trenirovka" qilishni maslahat bergan. Dinoraning fikricha, "Million" jamoasi aʼzolari vazni keyingi vaqtlarda biroz ortgan.

Muxlislarning aksariyati "Million" jamoasiga kontsertda omadlar tilab qolishgan.

Teglar:
Million, kontsert

Asosiy mavzular