At-Termiziy haqidagi filmga aktor va aktrisalar sinovdan o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Sergey MalgavkoKinokamera na syemochnoy ploshadke
Kinokamera na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Film ssenariysi At-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog‘liq voqealar va uning ustozi Imom Al-Buxoriy bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi film suratga olinadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmatiga tayanib uz24.uz xabar berdi.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Kann kinofestivalida ilk bor O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi

Xabarga ko‘ra, film ssenariysi At-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog‘liq voqealar va uning ustozi Imom Al-Buxoriy bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan.

Hozirda mazkur filmni suratga olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Film rejissori Abduxalil Mingnorov film uchun aktor va aktrisalar guruhini sinovdan o‘tkazmoqda.

Loyihani amalga oshirishda Shayx Abdulaziz Mansur ham o‘z maslahat va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0