03:57 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Pevitsa Lola Yuldasheva

Moskvada Lola Yoʻldoshevaning katta kontserti boʻlib oʻtdi

© LOLA Yuldasheva fan club / Facebook
Madaniyat
Havola olish
112950

Lola Yoʻldosheva kontsertga kelgan barcha ayollarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, sihat-salomatlik va mehr-muhabbat tiladi

TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Kecha, 8 mart kuni xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan Moskvaning "Izmaylovo Concert Hall" saroyida nihol mukofoti sovrindori Lola Yoʻldoshevaning katta kontserti boʻlib oʻtdi.

Kontsert boshlanishidan bir soat avval zalning kirish qismida tashkil qilingan oʻzbek milliy qoʻshiqlar sadosi ostida muxlislar raqsga tushishdi.

Keng zal gavjum, koʻpchilik oʻzbekistonliklar turli shaharlardan ataylab shu kontsert uchun kelishgan.

Kontsert boshida Lola barcha ayollarni 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, ularga baxt-saodat, mehr-muhabbat tiladi.

"Azizlarim, sizlarga boʻlgan mehrimni, muhabbatimni, sogʻinchimni qoʻshiqlarim orqali hadya etmoqchiman. Bugun hamma qoʻshiqlarim faqat sizlar uchun", — deb murojaat qildi Lola Yoʻldoshev kontsert boshida.

Kontsertda Lolaning shoʻx qoʻshigʻi boshlangach, zalning u yer-bu yeridan tomoshabinlar oʻrinlaridan turib, raqsga tushib ketishdi.

Kontsertda Lola oʻzining eng sara xit taronalari muxlislarga tugʻfa etdi: ulardan "Muhabbatim", "Qaytmaydi", "Bilmaysan" nomli qoʻshiqlar bilan muxlislarni hushnud etdi. Qoʻshiqlarini koʻpchilik muxlislar yoddan aytib, qoʻshiqchi bilan birgalikda kuylashdi. Ayniqsa, Lola kuylagan "Toshkent-Samarqand" nomli qoʻshigʻi zaldagi koʻpchilik muxlislarni raqs tushishga chorladi.

Umuman olganda kechagi kontsert ayollarga haqiqiy tuxfa boʻldi.

Asosiy mavzular