01:46 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
23630

Tadbirda oʻtgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyushtirilgan "oʻzbek ishi", "paxta ishi" kabi nohaq siyosiy kampaniyalar chogʻida Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida oʻzbek xalqi shaʼnini katta minbarlardan turib mardona himoya qilgani yodga olindi

TOSHKENT, 2 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 2018 yil 2 may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Madaniyat saroyida "Chingiz Aytmatov — jahon adabiyotining buyuk namoyandasi" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

ToshDSHI rektori professor Abdurahim Mannonov tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Rektor Tashkentskogo gosudarstvennogo instituta vostokovedeniya Abduraxim Mannanov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Rektor Tashkentskogo gosudarstvennogo instituta vostokovedeniya Abduraxim Mannanov

Professor oʻz nutqi avvalida joriy yil aprel oyida buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidentining alohida qarori qabul qilinganligini taʼkidlab oʻtdi.

Meropriyatiye posvyaщennoye pamyati Chingiza Aytmatova proshel v institute vostokovedeniya
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Meropriyatiye posvyaщennoye pamyati Chingiza Aytmatova proshel v institute vostokovedeniya

"Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirgʻiz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, Oʻzbekistonning ulkan doʻsti edi", deb qayd etgan Oʻzbekiston prezidenti ushbu qarorda.

Davra suhbatida OʻzMU qoshidagi Chingiz Aytmatov nomidagi markaz rahbari Ahmadjon Meliboyev "Chingiz Aytmatov ijodiy merosini oʻrganish" mavzusida nutq soʻzladi. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Ibrohim Gʻofurov Chingiz Aytmatov mahorati, uning koinot koʻlamidagi yozuvchiligi toʻgʻrisida qiziqarli fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Jurnalist, mahoratli tarjimon Toʻlanboy Qurbonov — Chingiz Aytmatovning diplomat va jamoat arbobi sifatida qirralari haqida soʻzlab berdi.

Tadbirda Chingiz Aytmatov Markaziy Osiyoning tinchligi va barqarorligi, porloq kelajagi, xalqlar oʻrtasida mustahkam doʻstlikning qaror topishi yoʻlida koʻp qirrali mardona faoliyat olib borganligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, oʻtgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyushtirilgan "oʻzbek ishi", "paxta ishi" kabi nohaq siyosiy kampaniyalar chogʻida Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida oʻzbek xalqi shaʼnini katta minbarlardan turib mardona himoya qilgani yodga olindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston rahbari koʻrsatmasi bilan yil davomida "Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston" nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish, Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish, yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish, adib xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomini berish, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish koʻzda tutilgan.

2018 yil dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Teglar:
Sharqshunoslik instituti, 90 yilligi, Chingiz Aytmatov

Asosiy mavzular