11:51 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Shaxlo Axmedova

Shahlo Ahmedova litsenziyasi toʻxtatilishi haqidagi xabarga izoh berdi

© Instagram / shahloahmedova
Madaniyat
Havola olish
660550

Xonanda boʻlib oʻtgan hodisa haqida Rossiya OAVlardan xabardor boʻldi va ushbu hodisa haqida Instagram sahifasida izoh yozdi.

TOSHKENT, 17 noya  — Sputnik. Xonanda Shahlo Ahmedova 16 noyabr kuni Instagramdagi oʻz sahifasida “Letniye dojdi” deb nomlangan qoʻshigʻiga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilinishi haqidagi xabar boʻyicha izoh yozdi. 

“Ochigʻini aytsam, sodir boʻlayotgan hodisadan shokdaman”, - deb yozdi oʻzbek xonandasi. Oʻz postiga xabarning skrinshotini, smaylik va bir necha xeshteglarni qoʻshib qoʻygan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Shaxlo Axmedova (@shahloahmedova)

Instagram foydalanuvchilari uning izohiga turlicha munosabat bildirishgan, aksariyat mushtariylar Ahmedovani qoʻllab-quvvatlashgan. Instagramda bu masala boʻyicha munozara avjiga chiqqan.

“Klip menga juda yoqdi, hech qanday nojoʻya harakatlarni men ham, doʻstlarim ham koʻrishmadi”, - deb yozadi aleksey.shinyaev.

“Yaxshi klip, hech qanday uyatli joyi yoʻq”, - deb tasdiqlaydi raimkulovanvar.

“Menimcha, “Oʻzbekkontsert” majlislarida barcha xonandalarni qanday kliplarni  olish mumkin va mumkin emasligi haqida ogohlantirishsa kerak”, - deb qoʻshimcha qildi nigamad19882106.

Eslatib oʻtamiz, shu haftada  Shahlo Ahmedova “Letniye dojdi” deb nomlangan qoʻshigʻiga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilingandi.

Asosiy mavzular