06:59 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Press-konferentsiya na Uzbekkino

Oʻzbekkino 2018 yilda filmlar suratga olish uchun necha pul sarfladi

© Xalq soʻzi
Madaniyat
Havola olish
20301

Oʻzbekkino: 2018 yilda 33,6 milliard soʻmga 19ta badiiy va 40 ta hujjatli film suratga olindi.

TOSHKENT, 8 apr – Sputnik. ”Oʻzbekkino” oʻtgan 2018 yilda Oʻzbekistonda kino suratga olish uchun qancha mablagʻ ajratilganini va nechta film suratga olinganini xabar qildi, Xalq soʻziga asosan.

Milliy matbuot markazida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida ”Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov soʻzga chiqib quyidagilarni maʼlum qildi.

“2018 yil milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat byudjetidan 33.6 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi. Ushbu mablagʻ hisobidan - 19 ta badiiy, 40 ta hujjatli va 2 ta qisqa metrajli filmlar hamda  8 ta multfilm tayyorlanib, badiiy kengashga havola etildi”, - dedi Zokirov.

Undan tashqari ”Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 11 ta toʻplami tayyorlangan.

Furqat Zokiirov maʼlum qilishiga koʻra 2018 yilda milliy kino mahsulotlari uchun ajratilgan mablagʻ 2017 yilga nisbatan 2,7 barobar kūp būlgan. 2019 yilda esa ushbu mablagʻ yanada koʻpaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular