10:39 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Nukusda ommaviy diktantni Sputnik bosh muharriri oʻqidi  

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Madaniyat
Havola olish
169 0 0

Nukusda boʻlib oʻtgan “Ommaviy diktant” aktsiyasiga kutilganidan 5 baravar koʻp odam keldi.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Kecha Qoraqalpogʻistonda ilk bor “Ommaviy diktant” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unadn dastlab roʻyxatdan oʻtgan 200 kishi oʻrniga mingga yaqin ishtirokchilar toʻplanishdi.

Diktant yozuvchilar uchun 13 ta aholi punktida 17 ta xona tayyorlandi. Ommaviy diktant oʻtkazish uchun mahalliy oliygohlardan filolog oʻqituvchilar taklif qilindi.

Tadbirning asosiy maydonchasi etib Muxammada al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filialining 100 kishilik auditoriyasi belgilangan edi. U yerda diktant matnini oʻqish uchun Sputnik bosh muharriri Dmitriy Klyuchevskiy taklif qilindi.

Ommaviy diktant uchun matn har doim sir tutiladi va diktant boshlanishidan bir necha daqiqa oldin konvert ochiladi. Bu yilgi matn rossiyalik yozuvchi, literatura tanqidchisi Pavel Basinskiy qalamiga mansub boʻlib, u rus adabiyotga bagʻishlangan edi.

Aynan Nukusda foydalanilgan matn Gogolning “Oʻlik jonlar” asariga bagʻishlangan edi.  Dastlab auditoriyaga toʻliq matn boshidan oxirigacha oʻqib eshittiriladi. Tadbirda ishtirok etgan tajribali oʻqituvchilar aytishiga qaraganda, diktant oson boʻlmagan. Ayniqsa tinish belgilarini qoʻyish borasida. 

Diktant natijalari 17 aprel kuni eʼlon qilinadi. Aʼlochilarga maxsus sovgʻalar taqdim etiladi. 

Ommaviy diktant ilk bor 2004 yilda Novosibirsk Davlat universitetida oʻtkazilgan edi. Barcha xohlovchilarga oʻz bilimlarini sinab koʻrish maqsadida koʻngilli ravishda diktant yozish taklif qilingan edi. Keyinchalik ushb tadbir butun Rossiya va dunyoga tarqalgan edi. 2019 yilda Ommaviy  diktant dunyoning 80 mamlakatida va 357 ta shaharlarda yozildi.

Asosiy mavzular