11:03 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Mikrofon na stsene. Arxivnoye foto

Isteʼdodli bolakay yoxud qoʻshiqdan chilparchin boʻlgan stakan

© Flickr / Ben Grey
Madaniyat
Havola olish
353 0 0

“Golos.Deti” musiqiy loyihada ishtirok etayotgan bolakaylar oʻzlarining noyob isteʼdodlari bilan barchani lol qoldirishmoqda.

TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Hozirda Rossiyada “Golos.Deti” loyihasining 6-mavsumi oʻz nihoyasiga yetmoqda. Musiqiy loyihada ishtirok etayotgan bolakaylar oʻzlarining noyob isteʼdodlari  bilan barchani lol qoldirishmoqda.

Bir hikoya qilmoqchi boʻlgan Erjan Maksim ham ulardan biri,  desak mubolagʻa boʻlmaydi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan tanlovning navbatdagi efiri chogʻida Erjan qoʻshiq kuylayotgan bir vaqtda sahnada turgan stakan uning ovozidan chilparchin boʻlib ketdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot #GolosDeti (@voice1tv)

Murabbiylardan biri Rossiyaning mashhur yulduzi Pelageya esa “Men qayerda ekanligimni unutib qoʻydim”, deya oʻz hayratini yashirmadi.

Endilikda Erjan “Golos.Deti” loyihasining final bosqichida ishtirok etadi.

Erjan Maksim Qozogʻistonning Uralsk shahrida tugʻilgan. Hozirda 11 yoshni qarshi olgan. Yoshligidan qoʻshiq kuylashga ishtiyoqi baland. U turli tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik Sabina Mustayeva “Golos.Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi gʻolibasiga aylangan edi.

Asosiy mavzular