12:43 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pisatel Korney Chukovskiy

Toshkentda Korney Chukovskiy asari oʻzgartirib chop etildi

© Sputnik / T. Zolotuxin
Madaniyat
Havola olish
158 0 0

Toshkentdagi nashriyotlardan biri mashhur yozuvchi asarida Leningrad soʻzini Sankt-Peterburg deb oʻzgartirib chiqardi.

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Toshkentda joylashgan nashriyotlardan biri taniqli bolalar yozuvchisi Korney Chukovskiyning asarini oʻzgartirib bosmadan chiqardi, bu haqida Potrebitel.uz gruppasi foydalanuvchilari xabar qilgan.

Gap, xususan 93 yil oldin, 1926 yilda yozilgan “Barmaley” asari haqida ketmoqda:  

“Yesli on vpravdu sdelalsya dobreye,
Otpustite yego, pojaluysta, nazad!
Mы vozmem s soboyu Barmaleya,  
Uvezem v dalyokiy Leningrad”   

 

Oʻrniga  “Uvezem v dalyokiy Sankt-Peterburg”, -  deb  yozishgan.

Ayni damda ushbu kitob internetdagi bir necha guruhlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda. Koʻpchillik, mualliflik huquqlarini buzilgani va “Sankt-Peterburg” soʻzi ushbu sheʼrning qofiyasiga ham mos kelmayotganini qayd etgan.

“Leninni shunchalik yomon koʻrisharkan, hech boʻlmasa Petrograd deb yozsa boʻlardi”, - deb izoh qoldirgan foydalauvchilardan biri.    

Sputnik muxbiri ushbu kitob muqovasida koʻrsatilgan telefon raqamlari orqali Qatortol koʻchasida joylashgan “Yangi asr avlodi”  nashriyoti bilan bogʻlandi. Nashriyot shunday kitob haqiqatdan 2017 yilda chop etilganini maʼlum qilishdi. Satrlar oʻzgartirilgani borasida keyinroq izoh berishlarini maʼlum qilishdi. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning shimoliy poytaxti - Sankt-Peterburg shahri 1924 yilga qadar Petrograd deb nomlangan. V.I. Lenin vafotidan 4 yil oʻtib 1924 yilda shahar nomi Leningrad deb oʻzgartirilgan. 1991yilda SSSR tarqalib ketganidan keyin shaharga uning eng birinchi nomi – “Sankt-Peterburg” qaytarilgan.

Ha aytmoqchi, taqdir taqozosi bilan, aynan bugun – 23 aprel "Umumjahon kitob va mualliflik huquqlari kuni" nishonlanmoqda. Ushbu kun YUNESKO tomonidan 1995 taʼsis etilgan.

Asosiy mavzular