13:27 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
261 0 0

Tegishli bitim Moskva shahri meriyasi va Toshkent shahar hokimligi oʻrtasida imzolandi.

TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Joriy yilning 24 iyun kuni Rossiya poytaxti Moskva shahri meriyasi va Toshkent shahar hokimligi oʻrtasida pavilonni va unga tegishli yer maydonini ijaraga olish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, oʻzaro muloqot davomida Oʻzbekiston pavilonini qayta taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq moliyaviy va tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi.

Qayta taʼmirlash ishlarini bajarish va eksponatlar bilan toʻldirish ishlari yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston paviloni tantanali ochilishi koʻzda tutilmoqda.

Yaqinda Toshkentda boʻlib oʻtgan MGIMO bitiruvchilari forumida Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy ushbu pavilon Oʻzbekistonga foydalanish uchun muddatsiz ravishda topshirilishi maʼlum qildi.

Pavilon binosi 1950 yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda oʻzbek milliy meʼmorchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon oʻsha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri boʻlgan va sanʼat asari hisoblangan, lekin keyinchalik 90 yillarda qarovsiz qolib, ancha zarar koʻrgan. 

2017 yilda pavilon Moskva shahar hokimligi ixtiyoriga topshirilganidan boshlab u yerda keng qamrovli restavratsiya ishlari boshlab yuborilgan. Restavratorlar ushbu pavilonni asl holatga keltirishga harakat qilishmoqda.

Pavilonda oʻrnatilgan 8ta naqshinkor yogʻoch eshiklar, pavilon devoridagi bezakli romlar ham ochilishi, pavilonning ichki koʻrinishi ham toʻliq qayta tiklanmoqda.

Pavilon bezatilgan naqshlarda oʻzbek milliy uslubidagi shakllar bilan bir qatorda Sovet ittifoqi ramzi boʻlgan besh qirrali yulduzlar ham juda koʻp uchraydi. Oʻsha vaqtdagi ustalar milliy va umumittifoq simvollarni mahorat bilan uygʻunlashtirgan. Restavratsiya qilingan pavilon bezaklarida ham besh qirrali yulduzlar oʻz joyida saqlab qolinadi

Asosiy mavzular