06:08 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Pavilon №66 na VDNX

Mirziyoyev VDNXda Oʻzbekiston koʻrgazmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqladi

© Sputnik / Nazarov Orifjon
Madaniyat
Havola olish
62 0 0

Toshkent shahar hokimligi mazkur shartnomani amalga oshirish boʻyicha masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Moskvadagi Butunrossiya koʻrgazma markazi 66-pavilonida “Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Toshkent shahar hokimligi mazkur shartnomani amalga oshirish boʻyicha masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan MGIMO bitiruvchilari forumida Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy ushbu pavilon Oʻzbekistonga foydalanish uchun muddatsiz ravishda topshirilishi maʼlum qildi. Tomonlar shartnomani 2019 yil 30 may kuni Urganch shahrida imzolagan.

Pavilon binosi 1950 yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda oʻzbek milliy meʼmorchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon oʻsha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri boʻlgan va sanʼat asari hisoblangan.

Rasman: Oʻzbekistonga VDNXdagi pavilon qaytarilmoqda

Pavilondagi taʼmirlash-tiklash ishlari 2017 yil oxirida boshlangan. Moliyalashtirishni Rossiya Madaniyat vazirligi oʻz zimmasiga olgan, obʼyekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida boʻlgan. Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abdulla Aripov ushbu pavilonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular