07:32 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

"Muzzday 2019": Toshkent muzqaymoq festivaliga chorlamoqda

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Madaniyat
Havola olish
390 0 0

Muzqaymoqlar qoʻyilgan xudud "Zarafshon" restoranidan Gʻaznachilik binosigacha joylashgan boʻlib, unda oʻnlab muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar 300 turdagi mahsulotlarini namoyish etishadi.

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda ilk marta muzqaymoq, ichimlik va shirinliklar festivali oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi Toshkent hokimligi axborot xizmati.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan festival 3 kun davomida (2, 3,4-avgust kunlari) kechki vaqtlarda oʻtkaziladi.

Tadbir oʻtkaziladigan hududlar: Zarafshon, Buxoro, Matbuotchilar va Sayilgoh koʻchalarida transport harakati toʻxtatiladi va bu yer sayr qilish va dam olish uchun katta zonaga aylanadi.

Tashrif buyuruvchilarga qulay boʻlishi uchun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi roʻparasida, Matbuotchilar va Buxoro koʻchalarida avtoturargohlar tashkil etilgan.

Muzqaymoqlar qoʻyilgan xudud "Zarafshon" restoranidan Gʻaznachilik binosigacha joylashgan boʻlib, unda oʻnlab muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar 300 turdagi mahsulotlarini namoyish etishadi.

Har bir xududda tashrif buyuruvchilar tanlov, aktsiya, sovrinli oʻyinlar va toʻxtovsiz oʻtkaziladigan musiqiy chiqishlarning guvohi boʻladilar.

Eng faol yoshlar uchun Disko hududi yaratildi. Navbatma-navbat estrada yulduzlari: Tohir Sodiqov, Shahzoda, Rayhon, Nilufar Usmonova, Zohida, Shoxruhxon, Jasur Umirovlar chiqish qilishadi.

Yosh tashrif buyuruvchilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Brodveydagi favvora yonida joylashgan maxsus oʻyin maydonchasida shirinliklardan tashqari, bolalarni animatorlar, spektakllar, tanlovlar va qiziqarli oʻyin-kulgular kutmoqda.

Shuningdek, Flash Mob sport oʻyinlari, fotosuratga tushish xonalari va interfaol tadbirlar, qiziqarli musobaqalar ham oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular