08:27 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Festival Shark Taronalari v Samarkande

“Sharq taronalari” festivali ishtiroklari maʼlum qilindi

© sharqtaronalari.uz
Madaniyat
Havola olish
0 0 0

Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Samarqand shahridagi “Sharq taronalari” XII-xalqaro musiqa festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Ishtirokchi davlatlar va musiqiy jamoalar: Sandra Rehder (Argentina), Haftgoh (Afgʻoniston), Henhouse Prowlers (AQSH), Romengo (Vengriya), Vigüela (Ispaniya), Balti (Latviya), Hatan (Mongoliya), Aye Su Kyaw (Myanma), Parviz Gasimov (Ozarbayjon), Luz Katharine (Peru), Akbar Khamisu Khan (Pokiston), Miguel Bandeirinha (Portugaliya), Ayarxaan (Rossiya), Badakhshan (Tojikiston), Archabil (Turkmaniston), Duet (Fiji orollari), Ruut (Estoniya) va boshqalar.

Shuningdek festivalda Ugarit Band (Germaniya, Gretsiya, Suriya), hamda Mundus Trio  (Gollandiya, Iroq, Turkiya) kabi xalqaro jamoalar ham ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular