17:46 21 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Madaniyat
Havola olish
346 0 0

“Sharq taronalari” festivalida Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi Gran pri sohibi boʻldi.

TOSHKENT, 1 sen – Sputnik. “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali gʻoliblari maʼlum boʻldi, Gran Pri – Oʻzbekistonda, deb xabar qilmoqda Samarqandning “Zarafshon” nashri.

Tojikistonning “Badaxshon” va Rossiyaning “Ayarxan” musiqiy jamoalari hamda Oʻzbekiston vakillari – Azizjon Abduazimov va Ulugʻbek Elmurodzoda uchinchi oʻrinni egallab, festivalning uchinchi darajali diplomlari, 2 ming AQSH dollaridan pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Pobediteli "Shark taronalari"

Turkmanistonning “Archabil” va Moʻgʻulistonning “Xatan” jamoalari sazovor boʻldi – ikkinchi oʻringa sazovor boʻlishdi. Ularga 3,5 ming AQSH dollaridan pul mukofoti, diplom va boshqa sovgʻalar topshirildi.

Pobedteli "Shark taronalari"

Birinchi oʻrin sohiblari – Qirgʻizistonning “Qomuzchilar” dueti hamda Ozarbayjondan kelgan Parviz Gasimov boʻldi. Ularning har biri 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Oʻzbekiston vakili Mehrinigor Abdurashidovaga berildi. Shuningdek gʻolibga - 10 ming AQSH dollari, diplom va esdalik sovgʻalar ham berildi.

Asosiy mavzular