11:52 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Tseremoniya torjestvennogo otkrыtiya Pervogo Mejdunarodnogo festivalya narodno-prikladnogo iskusstva v Kokande

Hunarmandlar festivali uchun Qoʻqon tanlangani bejiz emas – Shavkat Mirziyoyev  

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Madaniyat
Havola olish
387 0 0

Shavkat Mirziyoyev Margʻiolon atlasi, Rishton kulolchilik sanʼati, Qoʻqon naqqoshlik va yogʻoch oʻymakorlik sanʼati butun dunyoga tanilganini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoʻqonda Hunarmandlar festivalining ochilish marosimida soʻzga chiqib, Festival mehmonlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev Hunarmandlar festivali uchun Qoʻqon shahri tanlangani bejiz emasligini taʼkidlab, uning qadimiy Buyuk Ipak yoʻli chorrahasida joylashgani, 2000 yillik shonli tarixga va soʻlim tabiatga ekanligi hamda ushbu shaharda buyuk allomalar, shoiru va sanʼat ustalari yetishib chiqqanini aytib oʻtdi.

Xususan, prezident, Ahmad Fargʻoniy, Burhoniddin Margʻiloniy, Zahiriddin Bobur, Boborahim Mashrab, Nodirabegim, Uvaysiy, Muqimiy va Furqat nomlarini sanab oʻtdi.

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Fargʻona vodiysi haqiqiy hunarmandlar makoni sifatida keng tanilganini qayd etdi. Masalan, Margʻiolon atlasi, Rishton kulolchilik sanʼati, Qoʻqon naqqoshlk va yogʻoch oʻymakorlik sanʼati butun dunyoga tanilganin.

Undan tashqari, prezident oʻz tabrik soʻzida prezident Qoʻqon shahrining Dunyo hunarmand shaharlar roʻyatiga kiritilganini alohida qayd etib oʻtdi. Ushbu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev oʻz nomidan va oʻzbek xalqi nomidan Xalqaro Hunarmandlar ittifoqiga chukur minnatdorlik bildirdi.

Asosiy mavzular