20:22 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Uzbekistan smojet vыdvigat filmы na premiyu Oskar

“Oskar” mukofotiga daʼvogarlarning long-listi eʼlon qilindi

pics.ru
Madaniyat
Havola olish
123 0 0

93 davlatdan talabnoma kelib tushgan boʻlib, ular qatorida oʻzbekistonlik rejissyor Hamdamovning “Issiq non” filmi ham joy topgan.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasida “Oskar”ga daʼvogarlar long-listi aniqlandi.

Umumiy hisobda 93 davlatdan talabnoma kelib tushgan boʻlib, ularning orasida ilk bor Oʻzbekiston, Gana va Nigeriya qatnashmoqda. 

Rossiyalik rejissyor Kantemir Balagovning “Dыlda” (Novcha) filmi ham roʻyxatda oʻrin egallagan.

Rashid Malikov "Oskar"ga daʼvogar oʻzbek "Issiq non"ning imkoniyatlari bilan oʻrtoqlashdi

Kinoakademiya qoidalariga koʻra, kinotasma AQShdan tashqarida tasvirga tushirilgan va undagi qahramonlar oʻrtasidagi muloqotlar ingliz tilidan boshqa tilda olib borilishi, filmning davomiyligi 40 daqiqadan oshmasligi kerak.

Ilgari ushbu nominatsiya “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” deb nomlangan. Bu yildan yangi nom bilan eʼlon qilingan.

“Issiq non” Oskar tanloviga yuboriladi

Eslatib oʻtamiz, “Oskar”ga Oʻzbekistondan yosh kinorejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi daʼvo qilmoqda. Kinotasma Rossiyaning “Kinoshok” XXVIII Ochiq festivalida Gran-prini qoʻlga kiritgan edi. Unda bosh rolni ijro etgan Feruza Saidova “Eng yaxshi ayol roli uchun” sovriniga ega boʻlgandi.

Asosiy mavzular