14:49 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Fontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii

"Dollar fontanida choʻmilaver": Jahongir Otajonovga litsenziyasi qaytarildi

Instagram
Madaniyat
Havola olish
111041

Mahalliy OAVlar “Oʻzbekkontsert” Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedov va Halima Ibragimovaga litsenziyani qaytarganligi haqida xabar qildi.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Mahalliy OAVlar “Oʻzbekkontsert” tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin toʻxtatilgan sanʼatkorlar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedov va Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berilgani haqida xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, bugun “Oʻzbekkontsert”da navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazilgan.

Sputnik muxbiri xabarga aniqlik kiritish maqsadida “Oʻzbekkontsert” DM matbuot xizmati va Jahongir Otajonovning Instagram rasmiy sahifasida koʻrsatilgan raqamlarga qoʻngʻiroq qildi.

Xonandaning onasi deb tanishtirgan ayol, Jahongir Otajonovga litsenziya qaytarilganini tasdiqladi.

“Oʻzbekkontsert” matbuot xizmati tomonidan hozircha bu haqda rasmiy maʼlumot berilmadi, qoʻngʻiroqlarga javob berilmagani sababli ular bilan bogʻlanib boʻlmadi.

Eslatib oʻtamiz, xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi ikki kun oldin, 14 oktyabrda tugatilgan edi.

“Oʻzbekkontsert” bayonotida aytilishicha, Otajonov “xonanda oʻzining maʼnaviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot boʻlgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda". Bu qaror va bayonot ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalarni keltirib chiqardi.

Xonanda Shahlo Ibragimova 2018 yil noyabrda, Abdulla Qurbonov esa shu yil may oyida, qiziqchi Halima Ibragimova fevralda litsenziyasidan mahrum boʻlgandi.

Asosiy mavzular