08:30 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Nargiz i Maksim Fadeyev

Maksim Fadeyev sukunatga chek qoʻydi va Nargiz bilan boʻlgan mojaroga izoh berdi

Instagram
Madaniyat
Havola olish
54620

MALFA leybli yaratuvchisi soʻzlariga koʻra, Zokirova bilan hamkorlikdagi faoliyati yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin edi, biroq qoʻshiqchini oʻzi prodyuserni keskin chora koʻrishga majbur etgan

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik. Maksim Fadeyev xonanda Nargizning Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda bergan oxirgi intervyusiga izoh berdi.

Prodyuser soʻzlariga koʻra, hech kim hech kimdan ketgan emas, aksincha, Fadeyevni shaxsan oʻzi Nargizni leybldan haydab solgan.

"U shartnoma tuzgan edi. Shartnoma ikki yilga moʻljallangandi. Hech kim mendan ketgan emas, aksincha, men u biz bilan ishlashini xohlamadim. Yaratiluvchi hamisha oʻz yaratuvchisini yomon koʻradi: uning koʻzlariga qarab, oʻzining haqiqiy qiymatini anglaydi", - dedi Fadeyev.

Maksim Fadeyev Zokirova bilan hamkorlik yana ikki yilga choʻzilishi mumkinligini, ammo xonandaning oʻzi uni keskin choralar koʻrishga majbur etganini tan oldi.

"Men shartnomani uzmasligim mumkin edi, biroq hamkorlikni toʻxtatish qarorini qabul qildim", - deb taʼkidladi leybl asoschisi.

Sal oldin qoʻshiqchi Nargiz Zokirova YouTube xostingida Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda ishtirok etdi va Maksim Fadeyev bilan oʻrtalaridagi munosabat haqida soʻzlab berdi.

Xonanda Nargiz Zokirova. Arxiv surat
© Sputnik / Ramil Sitdikov

Xonanda soʻzlariga koʻra, Fadeyev bilan besh yillik faoliyatni goʻyoki "qamoqda kechganga" qiyoslash mumkin, ayni damda esa Nargiz hayoti pozitivga limmo-lim, ijod ham qaynamoqda.

Joriy yil avgust oyida Nargiz Zokirova oʻz Instagramida Maksim Fadeyev bilan oʻrtalarida tuzilgan shartnoma 2019 yilning 12 avgust sanasidan rasman bekor qilingani haqida yozgan edi.

Endilikda sanʼatkor prodyuserga tegishli musiqiy asarlarni ijro eta olmaydi, MALFA prodyuserlik markazi esa avgust oyiga rejalashtirilgan kontsert turi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortmoqda.

Asosiy mavzular