17:22 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
20710

"Lazgi", baxshichilik sanʼati, milliy kurashlar - YUNESKOning Insoniyat nomoddiy boyliklari roʻyxatiga kiritilishi mumkin.

TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. YUNESKO “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy boyligi roʻyxatiga kiritdi, deb xabar qildi bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.

Xorazmning “Lazgi” raqsi Oʻzbekiston madaniy boyligi elementi sifatida YUNESKOning Insoniyat nomoddiy boyliklarining Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi, - deyilgan xabarda.  

Ushbu qaror YUNESKOning nomoddiy boyliklarni qoʻriqlash hukumatlararo qoʻmitasining Kolumbiya poytaxti Bogotada boʻlib oʻtgan 14-sessiyasida qabul qilingan.

Ushbu anjumanda Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi U.Shadiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegtsiyasi ishtirok etgan. Tadbir doirasida “Lazgi” raqsining prezentatsiyasi boʻlib oʻtgan. Shuningdek Oʻzbekistonda mavjud boshqa nomoddiy boyliklar, xususan “Baxshichilik” sanʼati hamda milliy kurash uslublarini ham YUNESKO roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar bildirilgan.

Asosiy mavzular