05:11 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
618 0 0

Qrim ibodatxonalari odatda gʻayrioddiy koʻrinishga ega - ular qoyalarga qurilgan yoki ular qoya ichida oʻyilgan.

TOSHKENT, 3 fev - Sputnik, Galina Sokolova. Koʻpchiligi inqilob, urushlar va Sovet hokimiyati yillarida juda koʻp azoblarni boshdan kechirdi, ammo shunga qaramay ular qutqarilib, qayta tiklandi. Yarim orolning eng qiziqarli cherkovlari va monastirlari uchun qoʻllanma RIA Novosti materialida.

Xersonesdagi yer osti maqbara-ibodatxonasi

Ushbu maqbara Qrimning janubi-gʻarbiy sohilidagi qadimgi yunon xududi - Xersonesdagi eng birinchi nasroniy meʼmoriy yodgorligi hisoblanadi. Arxeologlar aniq yoshini ayta olishmaydi, ammo ular 5-asrdan oldin qurilgan deb ishonishga moyil.

Peщernыy xram yevangelista Marka na territorii Svyato-Uspenskogo mujskogo monastыrya v Baxchisarayskom rayone v Krыmu.
© Sputnik / Sergey Malgavko
Peщernыy xram yevangelista Marka na territorii Svyato-Uspenskogo mujskogo monastыrya v Baxchisarayskom rayone v Krыmu.

Olimlar yer osti (VI–VII asrlar) va yer usti (XII–XV asrlar) ibodatxonalari boʻlganini aniqladilar. Ularni bogʻlab turgan zinapoya va yuqori strukturaning poydevori qisman saqlanib qolgan.

Sovet arxeologi Anatoliy Yakobson yertoʻla zodagon fuqaroning dafn qilinadigan joyi boʻlishi mumkin de hisoblagan. Shuningdek, u IV asrda bu joylarga Qrim shahidi va maʼrifatparvari Vasiliy Xersonesskiy tashrif buyurganligini ham inkor etmadi. Bu avliyo, afsonaga koʻra, mahalliy knyazlardan birining oʻgʻlini tiriltirgan. 309 yilda Rim imperatori Maksimilian Galeriyning buyrugʻiga binoan voizni ushlab, tosh va tayoq bilan urib oʻldirdilar.

Qadimiy maqbara "Xersones Tavricheskiy" muzey-qoʻriqxonasi hududida joylashgan. Siz bu yerga ekskursiya bilan yoki oʻzingiz borishingiz mumkin. Tajribali sayohatchilar bunga bir kunni sarflashni maslahat berishadi.

Baxchisaraydagi Uspenskiy erkaklar monastiri

Maryam-Dere darasining etagida - Rossiyadagi eng qadimgi va Qrimdagi eng obroʻli monastiri joylashgan. Uning tarixi 9-asrda rohiblar cherkovni qoyani oʻzidan oʻyib chiqishidan boshlangan (shu kungacha saqlanib qolgan).

Bibi Maryam cherkovi

Afsonaga koʻra, bu joyda choʻpon Xudoning onasining ikonasini topdi. Diniy yodgorlikni bir necha bor boshqa joyga koʻchirishga harakat qilingan, ammo u moʻʼjizaviy ravishda qaytgan. Ikona xozirgi kunda ham muborak Bibi Maryam cherkovida saqlanmoqda. Unga minglab eʼtiqoddagilar kelishadi.

20-asr boshlariga kelib, monastirda bir nechta binolar barpo etildi va turar-joy binolari, shu jumladan katta ruhoniy va ziyoratchilar uchun uy qurildi. Ammo 1921 yilda Sovet hukumati hamma narsani yopdi, koʻplab ruhoniylar otib tashlandi.

Ulugʻ Vatan urushi davrida bu yerda kasalxona joylashgan, undan keyin - psixiatriya dispanseri. 1993 yilda monastir cherkovga qaytarildi.

Svyato-Uspenskiy mujskoy monastыr v Baxchisarayskom rayone v Krыmu.
© Sputnik / Sergey Malgavko
Svyato-Uspenskiy mujskoy monastыr v Baxchisarayskom rayone v Krыmu.

Siz unga ekskursiyalar bilan yoki oʻzingiz tashrif buyurishingiz mumkin. Kiyinish koʻrinishi kuyidagicha: erkaklar shimda, shortida emas, ayollar yubkada, boshlarida roʻmoli bilan va yelkalari yopiq boʻlishi kerak.

Simferopoldagi Avliyo Konstantin va Yelena cherkovi

Simferopoldagi birinchi pravoslav cherkovi 1787 yilda, Qrim Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshilganida qurilgan.

Bungacha ikki yil oldin, polk komandiri Boris Tatiщev tatar uyini sotib olgan, va uning oʻrnida qirolicha Yekaterina II ning kelishiga cherkov qurildi. Qirolicha cherkovni ziyorat qildi, soʻng xizmatchilar uchun kiyimlarni va zarur anjonmlarni taqdim etdi.

Sovet hukumati davrida cherkovning qisman vayron boʻlgan binosida aeroklubi va FHDYO arxivi joylashgan edi. Uzoq vaqt davomida bino boʻsh turdi. 1991 yildan boshlab bu yana pravoslav cherkovi.

Avliyolar Konstantin va Yelena cherkoviga tashrif afsuski, koʻp tarixiy obidalar saqlanib kolmagan Qrim poytaxtining diqqatga sazovor joylarining ekskursiyasida majburiy qismdir.

Kosmo-Damianovskiy monastiri va Alushta yaqinidagi Shaxzoda Aleksey suvga shoʻmgʻish joyi

Monastir 1856 yilda, Alushta shahridan 20 kilometr narida qurilgan. Qirol oilasi bu yerga tez-tez tashrif buyurar edi. Aleksandr III va uning rafiqasi Mariya Fedorovna ikki marta oʻrmon uyida qolishgan - podshoh bu yerda ov qilishni yaxshi koʻrar edi.

Kosmo-Damianovskiy erkaklar monastiri

Uning oʻgʻli Nikolay II xotini va bolalari bilan bu yerda olti marta boʻlgan. Romanovlar sulolasining soʻnggi imperatori, shuningdek, oʻgʻli Alekseyni muqaddas buloqqa botirish uchun ham kelgan. Shundan soʻng, shahzodaning sogʻligʻi yaxshilandi deb hisoblanadi (u gemofiliyadan aziyat chekkan - qon ivish buzilgan genetik kasallik).

Aytishlaricha, buloqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega - muqaddas sehrgarlar Kosma va Damianning ibodatlari tufayli. Olimlar uning tarkibida kumush, vanadiy, litiy, kremniy borligini aniqladilar.

“Imon bilan kelgan odam shifo topadi”, deyishadi rohiblar.

Svyato-Uspenskiy mujskoy monastыr v Baxchisarayskom rayone v Krыmu.
© Sputnik / Sergey Malgavko
Svyato-Uspenskiy mujskoy monastыr v Baxchisarayskom rayone v Krыmu.

Romanovlar sulolasi har doim homiylik qilgan va monastirga yordam berib kelgan. Masalan, imperiya farmoniga binoan dehqonchilik qilish uchun 40 gektar oʻrmon yerlari ajratilgan.

Bu yerda oʻtloq va bogʻ bor edi. Nok daraxtlari allaqachon yuz yoshga toʻlgan boʻlsa ham,  baribir mevalar berishadi.

Sovet hukumati davrida monastir juda qattiq shikastlangan. Binolarning koʻp qismi XIX asr poydevorlari ustida qayta qurilgan. Birinchi koʻrinishda Romanovlar sulolasining uch yuz yilligiga 1913 yilda qurilgan kichik butxona saqlanib qolgan.

Kosmo-Damianovskiy monastiriga yetib olishning afazlroq usuli bu avtomashina. Soʻqmoqli togʻ yoʻli va Qrim tabiat qoʻriqxonasi boʻylab haydashga toʻgʻri keladi. Oynalardan tabiatdan zaqlanishingiz mumkin va omadingiz chopsa, kiyik yoki toʻngʻizlarni koʻrishingiz mumkin.

Forosdagi Masihning muqaddas tirilishi cherkovi

U 1892 yilda birinchi gildiya unvoni savdogari Aleksandr Kuznetsov tomonidan, 1888 yilda Qrimdan Sankt-Peterburgga ketayotgan poyezd qulashida moʻʼjizaviy tarzda Aleksandra III va butun qirollik oilasini omon qolishi sharafiga qurilgan.

Veruyuщiye vo vremya pasxalnoy slujbы v skalnom mujskom monastыre svyatogo muchennika Feodora Stratilata na gore Chelter-Koba v Baxchisarayskom rayone Krыma.
© Sputnik / Aleksey Malgavko
Veruyuщiye vo vremya pasxalnoy slujbы v skalnom mujskom monastыre svyatogo muchennika Feodora Stratilata na gore Chelter-Koba v Baxchisarayskom rayone Krыma.

Kuznetsov maqbarani qurishga qaror qilganida, u allaqachon tez avj oladigan sil bilan kasallangan edi. Ammo baribir loyihani buyurtma qilishga va amalga oshirishga muvaffaq boʻldi. Va u yana bir necha yil yashadi.

Sovet hukumati davrida cherkov vayron qilindi: gumbazlar va xochlar sindirilgan, ichkarisida restoran tashkil etildi. 60-yillarda binoni deyarli 30 yilga butunlay tashlab qoʻyishdi. 1988 yilda hammasi tiklandi.

Bu Qrimning janubiy sohilidagi eng chiroyli ibodatxonalardan biridir. U balandligi 400 metr boʻlgan qoyanining chekkasida joylashgan va undan dengiz va shaharning panoramik koʻrinishi ochiladi.

Bu yerga Forosdan avtobus qatnaydi. Yalta - Sevastopol marshruti bilan boradigan boʻlsangiz, siz "Baydar darvozasi" bekatida tushishingiz kerak. Toʻgʻri, keyin siz toqqa piyoda chiqishingiz kerak boʻladi, lekin ochiladigan manzaralar shunga loyiqdir.

Asosiy mavzular