17:03 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
49220

Toshkentda “Ilhom” teatri yopilishi mumkin. 7 fevral kuni teatr jamoasi "OFELOS PLAZA" MJChdan binoni boʻshatib qoʻyish toʻgʻrisida xat oldi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Toshkentda “Ilhom” teatri yopilishi mumkin. Bu haqda teatrning Telegram-kanalida xabar yozilgan.

Taʼkidlanishicha, 7 fevral kuni teatr “Shodlik” mehmonxonasi yangi egasi "OFELOS PLAZA" MJChdan binoni boʻshatib qoʻyish haqida xat oldi.

Teatr joyi 1976 yilda teatr asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994 yilda xususiylashtirishdan soʻng u teatrdan begʻaraz asosda foydalangan. “Shodlik” mehmonxonasining avvalgi rahbari bilan 2023 yilgacha ijara shartnomasi tuzilgan.

Teatr binosida ushbu masala yuzasidan 12 fevral kuni matbuot anjumani oʻtkazish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Mark Vayl 2007 yil 6 sentyabrda oʻldirilgandi. Unga uyining podʼezdida hujum qilingan. Ogʻir tan jarohatlarini olgan 55 yoshli Mark Vayl shifoxonada vafot etgan.

2010 yil 17 fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi Yoqub Gʻafurovni Oʻzbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etgani uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi. Jumladan, Yoqub Gʻafurov sheriklari Alisher Sattorov va Qahramon Poʻlatov bilan “Ilhom” teatri asoschisi Mark Vaylning oʻlimida aybdor deb topilgandi.

Oʻtgan yil aprel oyida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Tojikiston Bosh prokuraturasi soʻrovi boʻyicha mahkum Yoqub Gʻafurovni (Tojikiston fuqarosi, 1973 yilda tugʻilgan) qoʻshni davlat vakolatli organlari qoʻliga topshirgandi.

Asosiy mavzular