20:55 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Madaniyat
Havola olish
54201

Biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qoʻymaymiz! - Saida Mirziyoyeva "Ilhom" bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva Ilhom teatri bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi.

“Ilhom” teatri bilan bogʻliq vaziyatga izoh bermoqchiman. Men oʻzim teatr sanʼati muxlisiman. Ushbu masala atrofida aytilayotgan tashvishli gap-soʻzlarni eshitib, sizni ishontirib aytamanki, biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qoʻymaymiz! «Ilhom» - madaniy hayotimizning faxri!”, - deb oʻzdi oʻz telegramida Mirziyoyeva.

biroz oldin “Ilhom” teatri joylashgan binoning mulkdori oʻzgarishi munosabati bilan, teatr rahbariyati binoni boʻshatib qoʻyish haqida xat olgani haqida xabar bergan edik. 

Maʼlumot uchun, "Ilhom" teatri joylashgan bino 1976 yilda uning asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994 yilda boʻlib oʻtgan xususiylashtirishdan soʻng teatr ushbu binodan begʻaraz asosda foydalanib kelgan. Ushbu binoda joylashgan "Shodlik" mehmonxonasi bilan teatrning ijara shartnomasi muddati 2023 yilgacha boʻlgan.  

Asosiy mavzular