03:32 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
413 0 0

Sovet askarlari ushbu kontslagerga Smolensk yaqinida qoʻlga olingandan keyin tushishgan. Uchinchi Reyxning bosh targʻibotchisi Gebbelsning shaxsiy buyrugʻiga binoan ular natsistlar "yovvoyi xalqlarga" qarshi qanday kurashayotgani haqida film suratga olish uchun tayyorlangan.

TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi Gollandiyaning Amersfort kontslagerida qatl etilgan oʻzbekistonliklarga bagʻishlangan "101" filmining namoyish etilishini eʼlon qildi.

Tez orada mamlakatning barcha ekranlarida urush, yaxshilik bilan yomonlikning abadiy qarama-qarshiligi, bir kechada avliyoga aylangan oddiy oʻzbek askarlarining fojialari va jasoratlari haqida taʼsirli hikoya namoyish etiladi, - deyiladi elchixonaning telegram-kanalida. – Ushbu may kunlari tomoshabinlarga Gitlerning ayyor rejalarini buzgan qahramonlarning voqeliklariga kirishishiga noyob kinotasvirlash, aktyorlar mohir oʻyini va rejissyor Hamidulla Hasanovning rejjisyorlik gʻoyasi yordam beradi".

Film Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskayalarning romani asosida suratga olingan. Shuningdek, u rejissyorning oʻz tadqiqotlari va fikrlari, niderlandiyalik jurnalist va tadqiqotchi Remko Reyding va Benilyuks mamlakatlaridagi Oʻzbekiston elchixonasi yordamida olingan maʼlumotlarga asoslangan.

101 askar xotirasini abadiylashtirish loyihasini amalga oshirishning boshlangʻich nuqtasi prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu yoʻnalishdagi bir qator tadbirlarni belgilab bergan farmoni boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Amersfortda oʻzbek askarlari otib tashlanganiga 75 yil boʻldi.

Ular ushbu kontslagerga Smolensk yaqinida qoʻlga olingandan keyin olib kelingan. Askarlar Uchinchi Reyxning bosh targʻibotchisi Yozef Gebbelsning shaxsiy buyrugʻiga binoan natsistlar "yovvoyi xalqlar" bilan qanday kurashayotgani haqida film suratga olishi uchun tayyorlanayotgan edi. Bundan tashqari, Adolf Gitlerning Sovet Ittifoqini tez fursatda zabt etish rejasi amalga oshmay qolganidan soʻng, film dushmanning nochorligini koʻrsatishi orqali nemis askarlarining tushkun ruhini koʻtarishga moʻljallangan boʻlgan.

Fashistlar 101 askarni tanlab, ularga ovqat bermay qoʻyishdi. Nemis tasvirchilar guruhi taklif qilinganida, ochlikdan toliqqan harbiy asirlar oldidagi nonga tashlanib bir-birlari bilan urishadi degan umidda oldiga non tashlashdi. Biroq, butunlay aksi sodir boʻldi.

Oʻzbeklar nonni sharqona tarzda boʻlib, zanjir boʻylab mayda boʻlaklarni bir-birlariga uzatishni boshladilar. Nemislar bundan gʻazabga keldi. Asirlar shafqatsiz kaltaklanib, keyinchalik otib tashlangan.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular