02:20 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
29610

Ikki xalq orasida doʻstlikni mustahkamlash, musiqa va qoʻshiq sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda yuksak unvon berildi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist – sharafli unvonini berish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqida RIA Novosti Turkmaniston televideniyesiga asosan xabar qilmoqda.

Hujjatda aytilishiga koʻra, Ozodbek Naazarbekovga ushbu sharafli unvon - uning ikki xalq orasida doʻstlikni mustahkamlash, musiqa va qoʻshiq sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va professional ustaligi uchun berilgan.

Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda bir necha bor sahnalarga chiqqan edi. Ushbu kontsertlarda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ham boʻlgan, deyilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning aprel oyida Turkmaniston prezidenti ozarbayjonlik xonanda Polad Byulbyul ogliga ham Turkmaniston va Ozarbayjon xalqari qoʻshnichiligi va musiqa sanʼatiga qoʻshgan hissasi uchun “Turkmaniston xalq artisti” unvonini taqdim etgan edi.

Asosiy mavzular