14:35 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
253 0 0

Bundan tashqari, tomonlar ushbu tadbirlar 2021 yilda nishonlanadigan Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining 150 yilligi arafasida oʻtkazilayotgani muhimligini qayd etdilar.

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. RF madaniyat vaziri oʻrinbosari Alla Manilova Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekistonda Rossiya maʼnaviy madaniyati kunlarini oʻtkazishni muhokama qildilar, deyiladi RF Madaniyat vazirligi saytida eʼlon qilingan xabarda.

Tomonlar shuningdek, joriy yilda oʻtkaziladigan qoʻshma tadbirlarni, mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilganlar.

Manilova Oʻzbekistonning madaniy merosi Rossiyada va butun dunyoda yuqori baholanishini taʼkidlagan.

"Rossiya madaniyat vazirligi rahbari oʻrinbosari oʻzbekistonlik hamkasblari bilan joriy yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Rossiya maʼnaviy madaniyati kunlari doirasida amalga oshiriladigan qator tadbirlar rejalari bilan oʻrtoqlashdi", - deyiladi xabarda.

Loyihadan yosh artistlar va xalqaro musobaqalar gʻoliblari ijrosida oʻtkaziladigan mumtoz musiqa kontsertlari, rus madaniyati va maʼnaviyatining eng yorqin va boy merosi namunalarini aks ettiradigan koʻrgazmalar, Rossiya va Oʻzbekistonning madaniy va maʼnaviy birligiga bagʻishlangan ikkiyoqlama anjuman, davra suhbati, fotokoʻrgazma va xor jamoalari chiqishlari oʻrin olgan.

Vazir oʻrinbosarining taʼkidlashicha, Rossiya maʼnaviy madaniyati kunlari tadbirlarida ishtirok etish uchun Toshkentga ikki mamlakatning madaniy aloqalarini oʻrganishga jalb qilingan yetakchi madaniyat, ilm-fan arboblari, jamgʻarmalar va tashkilotlar direktorlaridan iborat Rossiya delegatsiyasini yuborish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tadbirlarda madaniyat vazirlari va Rossiya regionlaridagi muassasalar rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tomonlar ushbu tadbirlar 2021 yilda nishonlanadigan Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining 150 yilligi arafasida oʻtkazilayotgani muhimligini qayd etdilar.

Manilova elchiga Rossiya Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston madaniyat kunlarini qabul qilishga tayyorligini aytib oʻtgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashuvi tendentsiyasi davom etsa, Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlari 2020 yilning kuzida RFning ikki shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Madaniyat boʻyicha idoralararo kichik komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida barcha mavjud loyihalarni muhokama qilish va kelgusidagi madaniy hamkorlik rejalarini belgilashga kelishib oldilar.

Botirjon Asadov Alla Manilovaga ushbu sermahsul uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanligini taʼkidlagan va Rossiya Madaniyat vazirligiga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga navbatdagi tashrifi doirasida Oʻzbekiston tomoni VDNXdagi "Oʻzbekiston" pavilonida oʻtkazishni rejalashtirayotgan keng koʻlamli koʻrgazma loyihasini amalga oshirishda koʻmak berishni soʻrab murojaat qilgan.

Asosiy mavzular